Jahon tarixi


Sharq mamlakatlari taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Sharq mamlakatlari taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
Sharqda (Osiyoda) taraqqiyotning o ‘ziga xos tom onlari 
deganda ko‘pchilik kamtarona hayot tarzi, diniy sabr-toqat, 
yer egaligining o‘ziga xos shakli, kishilar hayotining davlat 
tomonidan tartibga solinishi kabilarni tushunadi.
Aslida yangi davr arafasida Sharq mamlakatlarida rivoj- 
lanish ancha yuqori edi. Bu davrda texnik, texnologik va 
m adaniy innovatsiyalar keng tarqalgan b o ‘lib, ularning
4


k o ‘pchiligi 300—500 va hatto 1000 yil o ‘tgandan so‘ng 
Yevropada paydo bo‘ldi, qisman Sharqdan o‘zlashtirildi. Bi- 
roq, Yangi davr boshlariga kelib Sharq mamlakatlari Yevropaga 
nisbatan sezilarli darajada orqada qola boshladi. Buning asosiy 
sabablari quyidagilardan iborat edi:
— Sharq davlatlarida ishlab chiqarishga jalb qilinmagan 
harbiy xarajatlarning umumiy miqdori G ‘arb davlatlarinikidan 
ancha yuqori edi (Yevropada — 5—8 %. Osiyoda — 12—15 %);
— XVI—XVII asrlardan boshlab Sharq mamlakatlarida 
transport vositalari (kemalar, portlar, yo‘llar, kanallar qurilishi) 
va kommunikatsiya tizimining (kitob chop qilish, savodxonlik 
darajasi) rivojlanish sur’atlari G ‘arb mamlakatlariga nisbatan 
pasaydi;
— 0 ‘rta asrlarning oxirlaridan boshlab Sharq mamlakatlari 
yakkalanish yoki «yopiq eshiklar» siyosatiga asoslanib, faol 
tashqi siyosat yuritmadi;
— yevropalik m ustam lakachilar kirib kelishi arafasida 
Sharqning ko‘plab mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, 
ijtimoiy va m a’naviy boyliklarni rivojlantirish o‘rniga tabiiy 
resurslardan uzoq vaqt 
ekstensiv foydalanish
natijasida kelib 
chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi.
Natijada iqtisodiy va madaniy sohalarda turg‘unlik hollari 
yuz berdi va oxir-oqibatda qachonlardir yuksak taraqqiyotga 
ega bo‘lgan Sharq mamlakatlarining ko‘pchiligi mustamlaka 
va yarimmustamlakalarga aylantirildi.
4 0

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin