Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Ispaniya mustamlakalari. 
Buyuk geografik kashfiyotlar 
ayni paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik 
siyosati uchun ham yo‘l ochdi. Ispaniya bayrog‘i ostida 
yangi ochilgan yerlar Ispaniya qirolining mulki deb e’lon 
qilindi. Shu tariqa Yevropa davlatlarining mustamlakachilik 
siyosati boshlandi. Mustamlakachilar bosib olgan hududlarda 
paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi.
1512-yilda Ispaniya qiroli mahalliy hindularni qulga aylan- 
tirishni taqiqlovchi qonun chiqargan bo ‘lsa-da, u mahalliy 
aholini shafqatsiz 
ekspluatatsiya
qilishning oldini ololmadi. 
Shafqatsiz ekspluatatsiya va yevropaliklar orqali tarqalgan turli 
yuqumli kasalliklar tufayli ularning soni keskin kamayib ket- 
di. Mustamlakachilar XVI asr o‘rtalaridan boshlab Afrikada 
yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela
to


Ispanlar Amerikada.
boshladilar. Tekin ishchi kuchiga ega bo‘lgan mustamlaka- 
chilar 1510-yildan boshlab 
konkista
siyosatini yurita boshla­
dilar. Bu jarayon XVII asrning o‘rtalarigacha davom etdi.
XVI asrning birinchi yarmida Kolumbiya, Ekvador, Peru 
va Boliviya, keyinchalik esa Chili hamda Argentina hududlari 
zabt etildi.
1679-yilda Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi 
bo‘lgan Mayya davlati (bugungi Meksika) hududlarini to ‘la 
bo ‘ysundirdi.
Bosib olingan joylardan katta-katta miqdordagi boyliklar 
Ispaniyaga tashib ketildi. Mustamlakalarni boshqarish uchun 
ikkita vitse-qirollik tashkil etildi.
Mustamlakachilik sekinlik bilan b o ‘lsa-da, hindu etnik 
guruhlari va qabila ittifoqlarining barham topishiga olib kel- 
di. Mahalliy xalq tili esa ispan tili bilan almasha boshladi.
Ispaniya faqat Amerikadagi mustamlakalari bilan cheklanib 
qolgani yo‘q. U 1529-yilda Filippin orollari ustidan ham o‘z 
hokimiyatini o‘rnatdi. Bu orollar taxt vorisi, shahzoda Filipp 
sharafiga Filippin deb atala boshlandi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin