Mustaqil ish
VIII sinf « 0 ‘zbekiston tarixi» darsligidan foydalanib,
Braziliya kashf
etilgan 1500-yilda Vatanimiz tarixida qanday voqea yuz berganligini
aniqlang.
3-§. Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Aholi tarkibidagi o‘zgarishlar.
Ruhoniy va zodagonlar
yangi davr boshlarida G ‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida
jamiyatning hukmron tabaqalari bo ‘lib qolaverdilar.
Ayni paytda zodagonlar tarkibida o ‘zgarish yuz berdi. Endi-
likda ular ichida savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug‘ul-
lanuvchilar ham shakllandi. Zodagonlarning ba’zilari
savdo
kompaniyalarining aksiyadorlariga aylandilar. Ayrimlari esa
hukumatdan turli soliq yig‘imlarini yig‘ib
olish huquqini sotib
oldilar.
Endi zodagonlarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishda yollan-
ma m ehnatdan foydalanadigan b o ‘ldilar. U lar o ‘z qo‘r-
g‘onlarida sanoat korxonalari ham
tashkil etganlar va savdo-
sotiq ishlari bilan shug‘ullanganlar. Bunday zodagonlar
yangi
zodagonlar
deb atalgan.
Topshiriq
0 ‘rta asr zodagonlari va yangi zodagonlarning o'xshash hamda
farq qiluvclri jihatlarini aniqlang.
Shuningdek, bmjuaziyaning soni va uning jamiyatdagi nu-
fuzi ortib bordi. Bu hodisa ichki
va tashqi savdoda shaharlar
mavqeyining tobora yuksalib borganligi oqibati edi.
XVII asr o‘rtalariga kelib savdogar (
negosiant
) va bank
egalari bmjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandilar.
Jamiyat
rivojlanishi bilan yollanma ishchilarning soni ham ortib bordi.
Shunday bo‘lsa-da, XVI—XVII asrlarda butun aholining katta
qismini dehqonlar tashkil etardi.
Dostları ilə paylaş: