Manufaktura ishlab chiqarishi. Dengiz savdosining rivoj-
lanishi, Yangi Dunyo aholisining yevropaliklar hisobiga ko‘-
payib borishi va u yerdan Yevropaga oltin hamda kumush-
ning ko‘plab miqdorda tashib keltirilishi hunarmandchilik
mahsulotlariga bo ‘lgan talabni oshirib yubordi. Ortib bo-
rayotgan talab yirikroq korxonalar qurishni zaruratga aylantirib
qo‘ydi. Bu esa yangi zamonaviy korxona — mehnat taqsimoti
asosida faoliyat ko‘rsatuvchi manufakturaning paydo boMishiga
olib keldi. Manufaktura — dastlabki sanoat korxonasi edi.
Manufakturalar uchun maxsus binolar qurilishi boshlandi.
U yerda turli xil mutaxassislikka ega bo‘lgan yollanma ish-
chilar mehnat qilardilar. Yollanma ishchilarning har biri faqat
bitta ishni bajarardi. Bu esa ishning tez va sifatli bajarilishini
ta ’min etardi. Mazkur yangilik, tabiiyki, mehnat unumdorli-
gining ortishiga olib keldi. M anufaktura ishlab chiqarishi
mahsulot tannarxining arzonlashuviga ham sabab bo‘ldi.
Topshiriq «Iqtisodiy bilim asoslari» fani o ‘qituvchingizdan tannarx nima
ekanligini so‘rab, bilib oling.
XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi Angliya va
Gollandiyada xo‘jalikning asosiy shakliga aylandi. Fransiyada
esa rivojlanish bosqichiga kirdi.
Aksionerlik ja m iya ti— daromad topish maqsadida hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati. Burjuaziya (shaharning hurmatli, mo ‘tabar fuqarola- ri) — aholining savdo-sotiq, sanoat, bank kabi sohalarida tadbirkorlik faoliyati yuritish orqali daromad topuvchi hamda ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanuvchilar toifasi. Bu atam a dastlab sudya, advokat, notarius, shifokorlarga nisbatan ishlatilgan. Dividend (lotincha — taqsimlanadigan narsa) — aksiya- dorlar jam iyati foydasining aksiya egasiga har yili berila- digan va lining daromadiga aylanadigan qismi. 16