kun bo‘lardi. Shaharlarning rivojlanib borishi bilan bozorlar
har kuni ishlay boshladi.
XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj
oldi. Bunday bozorlarning eng kattasi Parij va London shahar-
larida qurilgan.
Shaharlar to ‘xtovsiz o‘sib
borayotgan bir sharoitda, ahyon-
ahyonda tashkil etiladigan yarmarkalar shahar aholisining
talabini qondirolmay qoldi. 0 ‘rta asr yarmarkalari o‘z aha-
miyatini yo‘qotdi. Shahar aholisining ehtiyojini har kuni savdo
qiluvchi bozorgina qondira boshladi.
Savdogarlar hayoti va
mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf-xatar ularni birla-
shishga majbur etdi. Bu omil, o ‘z navbatida, savdo kompa-
niyalari sonining ko‘payishiga olib keldi. Kompaniya a’zolari
uning faoliyati uchun o‘z mol-mulklari bilan javobgar edilar.
Shu tariqa dastlabki
aksionerlik jamiyatlari
tashkil topdi.
Savdo-sotiqning rivojlanishi
va kompaniyalar qudratining
oshishi oqibatida
savdo monopoliyalari
vujudga keldi. Bu hodisa
ham yangi davrning muhim belgilaridan biri edi.
O'zingizni sinang:
♦ Burjuaziya.........
♦ Yangi zodagonlar.........
Jahon savdosi.
Gollandiya va Angliya jahon savdo-sotig‘i-
ning markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz
savdogarlarini ham kompaniyalarga birlashishga majbur etdi.
Angliyaga chetdan ziravorlar olib kelish huquqi faqat «Ost-
Indiya» kompaniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida
juda katta miqdordagi boylikka ega bo‘ldi. Natijada o‘z aksiya-
dorlariga hatto 500 % gacha miqdorida
dividend ham today
boshladi. Angliyaga paxta olib kelish huquqi esa «Levantiy»
kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya, ayni paytda, 0 ‘rta
Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham
qo‘lga kiritgan. Rossiya bilan
savdo aloqasi olib borishga
«Moskva» kompaniyasi haqli edi.
Bank egalari, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va
hatto eng mashhur zodagonlargacha
qaysidir bir kompa-
niyaning aksiyadori edilar. Hatto qirollar ham bundan mus-
tasno emasdilar. Ayni paytda, ular savdo kompaniyalari tashkil
etilishiga qarshilik qilmadilar. Chunki
kompaniya tashkil etish
uchun berilgan
patent
xazinaga katta miqdorda daromad
keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari uzoq mam-
15
lakatlarda Angliya manfaatlarini
himoya qilish majburiyatini
ham olganlar. XVII asr boshlarida Angliya savdo kom-
paniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan
Hindistongacha bo‘lgan juda katta hududlarni o‘z ta ’siriga
oldilar. Hindiston va Amerikaga tobora ko‘proq kirib bordilar.
Dostları ilə paylaş: