Filipp II «shakkok» Angliya qirolichasi Yelizaveta I ga nafrat
bilan qarardi.
Bu davrda Gollandiyada Ispaniya zulmiga qarshi harakat
boshlanganda Yelizaveta I Gollandiya tarafida turdi.
Oxir-
oqibatda bu ikki davlat o‘rtasida 1588-yilda urash kelib chiqdi
(bu haqda 2-§ da ma’lumot olgansiz) va unda Angliya g‘alaba
qozondi.
Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Ispaniya o ‘zini qayta o ‘nglay
olmadi. Angliya esa Yevropaning qudratli dengiz davlat-
laridan biriga aylandi. Angliya
uchun XVI asr ana shunday
yakunlandi. Reformatsiya nihoyasiga yetdi. Yelizavetaning
o ‘limi bilan Tyudorlar sulolasining hukm ronligi ham bar-
ham topdi. Taxtga
Tyudorlar sulolasiga qarindosh, Shot-
landiya qiroli Yakov Styuart Yakov I nom i bilan o ‘tqazildi.
Shu tariqa Angliyada Styuartlar sulolasi hukmronligi bosh-
landi.
Veto (lotincha
—
taqiqlayman)
—
davlat boshlig‘ining
biror qonun yoki qarorni kuchga kirishdan to ‘xtatib qo fish
huquqi.
Dostları ilə paylaş: