rayotgan noroziligini to ‘xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan
zulmiga qarshi norozilik harakati tobora kuchaydi. Bu hara-
katda aholining keng qatlamlari — burjuaziya, hunarmandlar,
dehqonlar, savdogarlar va hatto zodagonlarning bir qismi
qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo‘zg‘olonga rahbarlik
qildi. 1566-yilda Ispaniya zulmiga qarshi kurash qo‘zg‘olonga
aylandi. Qo‘zg‘olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining
tayanchi bo ‘lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar.
Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Terror tartibining o‘rnatilishi.
Qo‘z-
g‘olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli
Filipp II gersog Alba boshchiligida sara-
langan qo‘shin yubordi. Qo‘zg‘olon bos-
tirilgandan so‘ng Alba N iderlandiya
hukmdori etib tayinlandi. U boshqaruv
ishida terrorni, jallod qilichi va ink-
vizitsiyani qoMladi.
Biroq Albaning dahshatli jazo cho-
ralari ham ozodlik harakatini to ‘xtata
olmadi. Niderlandiya xalqining qo‘z-
g‘oloni mamlakat shimoliy qismining
mustaqillikka erishishi bilan yakunlandi.
Burjuaziya 1572-yilda Filipp II ga
muxolifatda b o ‘lgan Niderlandiyaning
eng boy va o b ro ‘li katta yer egasi,
Filipp II.
shahzoda Vilgelm van Oran’yeni shimoliy
hududlar hukmdori deb e’lon qildi. Ispa-
niyaning N id erlan d iy ad ag i m avqeyi
tobora zaiflashib bordi. Natijada Alba
N id erlan d iy an i tark etishga m ajbur
bo‘ldi.
Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani
o‘z qo‘lida saqlab qola oldi.
0 ‘zingizni sinang:
Alba.
♦ 1566-yilda —.........
♦ 1572-yilda — ... .
Dostları ilə paylaş: