Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Ivan IV .
27


nojo‘ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. 
Dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk 
ajratib beriladigan bo‘ldi. Davlat lavozimlarini faqat zodagon 
naslidan bodganlar egallashi tartibiga ham chek qo‘yildi.
Boyarlarning o ‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlar 
bekor qilindi. Joylarda boyarlar boshqaruvi o‘rniga Zemstvo 
(mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) tuzildi. 
Sudebnik
krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini 
yiliga bir kun — 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi.
Oprichnina. 
Boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida 
1565-yilda Ivan IV davlat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. 
Bu yerlar 
oprichnina
deb ataldi. Boyarlarning yerlari ham 
oprichninaga qo‘shib yuborila boshlandi. Oprichnina podsho 
yerlari deb ham atalib, ularga dvoryanlar joylashtirildi. 
Oprichnina yerlari ularga bo‘lib berildi. Endi ular dvoryan 
oprichniklar deb atala boshlandi. Binobarin, oprichnina 
yerlarning podsho hokimiyatining tayanchi bo‘lgan dvoryanlar 
foydasiga qayta taqsimlanishi ham edi. Ivan IV bundan buyon 
boyarlarni Boyarlar dumasisiz o‘zi sud qilishini va o ‘zi jazo 
belgilashini e ’lon qildi. Davlat yerlarining oprichninaga 
tortilmagan qismiga katta miqdorda soliq joriy etdi. Oprich­
nina o‘z qo‘shiniga ega bo‘ldi. U podshoning o ‘z raqiblarini 
jazolash quroliga aylantirildi.
Mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri bosh­
landi. Shuning uchun Ivan IV «Grozniy» («Dahshatli», «Qo‘r- 
qinchli») laqabi bilan ataldi.
Oprichnina
— 
podsho hokimiyati dushmanlarini zo ‘rlik va
terror vositalari bilan bostirishga urinish siyosati edi.
Oprichnina boyarlar va feodal tarqoqlik qoldiqlariga kuchli 
zarba berdi. Ayni paytda, oprichnina mamlakat xo‘jaligiga 
katta talafot yetkazdi. Nafaqat boyarlar, o‘n minglab oddiy 
odamlar ham qurbon bo‘ldi. Bu esa jamiyatning turli qat- 
lamlarida oprichninadan norozilikni kuchaytirdi. Natijada 
Ivan IV 1572-yilda oprichninani bekor qilishga majbur bo‘ldi. 
Biroq mamlakatda 
terror,
ayovsiz qatl davom etaverdi. Kre- 
postnoylik tartiblari yanada kuchaydi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin