Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Tashqi siyosat. 
Rossiya hududi bosqinchilik urushlari olib 
borish hisobiga sharqqa va janubga tomon kengayib bordi.
28


Chunonchi, XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon, Astraxan 
(Ashtarxon) va Sibir xonliklari bosib olindi. Shu tariqa 1533- 
yilda 2,8 min km2 ni tashkil etgan Rossiya hududi XVI asr 
oxiriga kelib 5,4 min km2 ga yetdi.
Notinch, alg‘ov-dalg‘ovli yillar. 
1584-yilda Ivan IV Grozniy 
vafot etdi. Taxtga uning o‘g‘li Fyodor Ivanovich o‘tqazildi. 
U kasalmand bo‘lganligi uchun amalda hokimiyatni qaynisi, 
boyar Boris Godunov boshqardi. Fyodor 1598-yilda vafot etdi 
va Ivan IV o ‘g‘illaridan boshqa taxt vorisi qolmadi. Shu tariqa 
Rossiyani 700 yil boshqargan Ryurikovlar sulolasi hukmronligi 
barham topdi. Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godu- 
novni podsho etib sayladi.
Boris Godunov 1605-yilda vafot etgach, Rossiya tarixida 
notinch, alg‘ov-dalg‘ovli yillar boshlandi. Qisqa vaqt ichida 
bir nechta podsho almashdi. Ayni paytda Rossiyada boyarlar 
ta ’siri yana kuchaydi. Bundan tashqari, chet davlatlar — Polsha 
va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo‘r berib aralasha bosh- 
ladilar. 1609-yilda Polsha hatto Moskvani bosib oldi. Ho- 
kimiyat Boyarlar guruhi qo‘liga o‘tdi. Ular Rossiya taxtiga 
Polsha qirolining o ‘g‘lini o ‘tqazishga urindilar. Shu orqali 
o ‘z imtiyozlarini saqlab qolmoqchi bo ‘ldilar. Ana shunday 
og‘ir sharoitda Rossiya vatanparvar kuchlarining yetakchilari 
qishloq oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojar- 
skiylar xalq lashkari to ‘plashga kirishdilar.
1612- 
yilda Moskva uchun b o ‘lgan 
janglarda Polsha qo‘shini mag‘lubiyatga 
uchratildi va Moskva chet el bosqin- 
chilaridan tamomila ozod qilindi. Ros­
siya ichki va tashqi ahvoli og‘irligiga 
qaramay o ‘z mustaqilligini saqlab qola 
oldi. Endi Rossiyaning yangi podshosini 
saylash masalasini hal etish kerak edi.
1613- 
yilda M oskvada chaqirilgan 
Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xoti- 
nining qarindoshi Mixail Fyodorovich 
Romanovni Rossiya podshosi etib say­
ladi. Shu tariqa Rossiyada yangi sulo- 
la — Romanovlar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.
Bu sulola vakillari 1917-yilgacha hokimiyatni qollarida 
saqlab turdilar.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin