Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

10-§. Ilm-fan taraqqiyoti
Tabiiy fanlar sohasidagi buyuk o‘zgarishlar. 
XVI—XVII 
asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. 
Bu davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga 
ulkan hissa qo'shgan buyuk olimlar Nikolay Kopernik (1473— 
1543), Jordano Bruno (1548—1600) va Galileo Galiley (1564— 
1642)lar yashab ijod qildilar.
36


N. 
K opernik ish ustida.
Nikolay Kopernik o‘z davri uchun har tomonlama chu- 
qur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida 
o‘qidi. Tasviriy san’at, matematika, falsafa, huquqshunoslik 
va tibbiyot kabi fanlarni o‘rgandi. Maxsus moslamalar yorda- 
mida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi.
N. Kopernik o ‘z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan 
beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi 
ta ’limotdan voz kechdi. 
Yerning Quyosh va o ‘z o ‘qi atrofida
aylanishini isbotlab berdi. Bu xulosa о ‘sha davr fanidagi haqiqiy
buyuk kashfiyot edi.
Ayni paytda u cherkov aqidalariga mutlaqo 
zid xulosa ham edi.
U o‘z xulosalarini 1543-yilda chop etilgan «Osmon jism- 
larining aylanishi haqida» nom li kitobida bayon etdi. 
N. Kopernikning xulosalari cherkovni g‘azablantirdi. Kitob 
chop etilgan davrda u o ‘lim to ‘shagida yotardi. Faqat 
oMimgina uni inkvizitsiyadan asrab qoldi. Keyinchalik, cher­
kov Kopernik ta ’limotini rasman taqiqladi.
V II sinf «Jahon tarixi»dan olgan bilimlaringiz asosida 
inkvizitsiya nima ekanligini tushuntirib bering.
Jordano Bruno. 
1600-yil 17-fevral kuni Rim shahrida 
erkinlik va hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan ita- 
liyalik faylasuf, astronom va shoir Jordano Bruno o ‘limga
37


hukm qilindi. Chunki Jordano Brano 
dunyoqarashiga ko ‘ra, 
panteizm
ta- 
rafdori edi. Yoshligidan xristian dini 
asoslari bilan birgalikda N. Kopernik 
ta ’limotini o ‘rgandi. U turli ta ’limotlar 
bo‘yicha o‘zining mustaqil fikriga ega 
shaxs bo‘lib voyaga yetdi. Shu tufayli 
u har qanday ta ’limotga tanqidiy ko‘z 
bilan qarardi. Uning qarashlari xristian 
cherkovi aqidalarini shubha ostiga
Jordano Bruno. 
Ч°‘Уа boshladi.
J. B runo o ‘z qarashlarini 
«Nola
falsafasi»
deb atadi. Unda dam ning 
cheksizligi to ‘g‘risidagi ta ’limot ilgari surildi. U bunday deb 
yozgan edi: «Olam cheksiz, uning oxiri yo‘q. Olam markazga 
ega emas. Yer ham, Quyosh ham dam ning markazi emas. 
Olam — son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroq- 
dagi bir quyoshdir. Ularning har biri atrofida o‘z yoddoshlari 
aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo‘q boMmaydi».
Inkvizitsiya uni o‘limga hukm qildi. Keyinchalik, J.Bruno 
ta ’limoti tan olingandan so‘ng, u qatl etilgan joyda haykal 
o‘matildi. Haykal ostiga esa: 
«Ubarcha xalqlar uchun fikr erkinligi
deya о ‘z ovozini ко ‘tardi va ana shu erk qo ‘lida о ‘limga bordi»,
deb yozib qo‘yildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin