Jahon tarixi


-§. Yevropada Uyg‘onish davri madaniyati



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

9-§. Yevropada Uyg‘onish davri madaniyati
Uyg‘onish davri haqida. 
Uyg‘onish davri deyilganda 
ilm-fan, madaniyat, m a’rifat va ma’naviyat yuksalgan 
davr tushuniladi. Bunday davr dastlab 0 ‘rta Osiyoda IX— 
XII va XIV—XV asrlarda yuz bergan. Bu haqda Siz VII sinf
c j j ,
32


« 0 ‘zbekiston tarixi» darsligi kitobidan m a’lumot olgansiz. 
XIV—XVII asrlarda G ‘arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz 
berdi va u 
Renessans
deb ataldi.
Bu masala bilan shug‘ullanuvchi olimlar Uyg‘onish davrini 
0 ‘rta asrlar turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi deb 
baholaganlar. G ‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri o‘z-o‘zidan 
yuz berib qolmadi.
U 0 ‘rta Osiyo Uyg‘onish davrining bevosita ta’sirida yuz 
bergan. G ‘arbiy Yevropa uyg‘onish davrining vatani Italiya 
bo ‘ldi. Chunki, bu mamlakatda kapitalistik jamiyatga xos 
xususiyatlar boshqa davlatlarga nisbatan ertaroq vujudga kelgan 
edi. G ‘arbiy Yevropa Uyg‘onish davrining asosiy belgilarini 
quyidagilar tashkil etgan:
— jaholat va mutaassiblikni rad etish;
— insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini 
yuzaga chiqarish;
— kapitalistik jamiyatning rivojlanishi ilm-fanning yanada 
taraqqiy etilishini zaruratga aylantirib qo‘yganligi;
— adabiyot va san’atda narigi dunyoni emas, hayotdagi 
go‘zallikni kuylash;
— inson erki uchun kurash.
Uyg‘onish davri adabiyoti. 
Uyg‘onish
davri adabiyoti va san’atida o‘z davrining 
buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat 
ularning har biriga ko‘p qirrali noyob 
qobiliyat in’om etgan edi. Bunday noyob 
qobiliyat egalaridan biri 
Uilyam Shekspir
(1564—1616) bo ‘lgan. U: «Inson — ta- 
biatning ajoyib m o‘jizasi», deb hisoblardi.
U. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi.
Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod 
qildi. U. Shekspir insonlarni o‘rab tur- 
gan olamni sahna, odamlarni esa ak- 
tyorlar deb tasaw ur qilardi.
Teatrning odamlarni taqdir zarbasidan bukilmaslikka o‘rga- 
tuvchi, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini 
tarbiyalovchi, tubanlikka qarshi kurashga o‘rgatuvchi maktab 
bo‘lib qolishiga astoydil ishonib yashadi. U. Shekspir kelgusi 
avlodlarga «Otello»,«Gamlet», «Qirol Lir» va «Romeo va 
Julyetta» kabi mashhur asarlarini meros qoldirdi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin