Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Galileo Galiley. 
G. Galiley ham ita- 
liyalik (1564—1642) buyuk astronom 
edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi 
asbob — 
teleskopn
i yaratdi va shu 
teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev- 
ropaning birinchi olimi edi. Uning tad- 
qiqot ishlari Kopernikning ta ’limotini 
tasdiqladi.
Bundan tashqari, G. Galiley Oyda 
ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va 
hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini 
qayd etdi.
G. Galiley o ‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida 
bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar 
ro ‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini 
qoraladi.
G. Galiley
38


Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. 
Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda, 
ink- 
vizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi.
0 ‘zingizni sinang:
«Yulduzlar axboroti» asari — 

♦ 1555-yilda ....
N. Kopernik ... isbotlab berdi. 
♦ Inkvizitsiya — bu ....
BUNI 0 ‘QING
«Nikolay K opernik ham da keyinchalik uning izidan borib, johil 
va aqidaparast ruhoniylar tom onidan o ‘tga tashlangan Jordano Bruno, 
qanchadan qancha ta ’na va malomatlarga giriftor etilgan Galileo 
Galiley kabi allomalarning jasoratida... haqiqatga sadoqat, e’tiqod 
uchun kurashning yorqin nam unasi yaqqol nam oyon bo lganini 
ko‘ramiz». 
I. Karimov. «Yuksak m a ’naviyat — yengilmas kuch».
— T.: « M a ’naviyat», 2008-y., 161-bet.
«Yashash, erkinlik va mulkka egalik huquqi». 
Bu davrda 
falsafa fani ham rivojlandi. Bu borada Angliyada katta muvaf- 
faqiyatlarga erishildi. Ayniqsa, XVII asrda ijod qilgan Jon 
Lokk ilgari surgan g‘oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli 
ta’sir ko‘rsatdi. Uning asosiy xizmati 
imonningyashash, erkinlik
va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta ’limotni
yaratganligi 
bilan belgilanadi.
Lokk, shuningdek, davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro 
etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish 
haqidagi g‘oyani ham ilgari surdi. Siz 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida bunday bo‘li- 
nish nima ekanligini bilib olasiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin