Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang:
♦ 1598-yilda.........
♦ G ugenotlar.........
♦ Varfolomey tuni —.........
Jaholat (arabcha) — ilm -m a ’rifatdan m ahrum lik,
qoloqlik.
Fanat (lotincha) — diniy e ’tiqodiga yoki biror ta ’limotga
qattiq yopishib oluvchi.
Edikt — qirolning alohida muhim farmoni.
Savol va topshiriqlar
1. Fransiyada mutlaq monarxiya qay tariqa qaror topdi?
2. Fransiyada Reformatsiya qanday tarqaidi?
26


3. Fransiyada nega Diniy urush yuz berdi?
4. Katoliklar bilan protestantlar (gugenotlar) о ‘rtasidagi urush qanday
natija bilan tugadi?
Mustaqil ish
Fransiya va Angliya m utlaq monarxiyalarini taqqoslang, ularning 
o'xshash va o ‘ziga xos tom onlarini aniqlang. So‘ng jadval tuzib
javoblaringizni unda aks editing.
7-§. XVI—XVII asrlarda Rossiya
Rus yerlarini birlashtirishning tugallanishi. 
Siz VII sinf 
«Jahon tarixi» darsligidan Moskva knyazligi yetakchiligida 
Rus yerlarining 
Oltin 0 ‘rdaga qaramligiga 1480-yilda
barham berilganligini bilib olgan edingiz.
Mustaqillikdan so‘ng ham Moskva knyazligi rahbarligida 
Rus yerlarini birlashtirish jarayoni davom ettirildi. 1485-yildan 
boshlab Moskva knyazi Ivan III butun Rus hukmdori unvonini 
qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo‘ldi. 
Nihoyat, 1520-yilda Rus yerlarini birlashtirish, asosan, ni- 
hoyasiga yetkazildi. Markazlashgan Rossiya davlatining tashkil 
topishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Rossiya podshosi Ivan IV. 
1547-yilda 
Rus pravoslav cherkovining boshlig‘i 
mitropolit Makariy vafot etgan Buyuk 
knyaz Vasiliy III ning o‘g‘li Ivan IV ga 
Rossiya tarixida birinchi bor podsholik 
tojini kiydirdi. Bu voqea katta xalqaro 
aham iyatga ega b o ‘ldi. C hunki, Rus 
davlati hukmdorlari bu davrgacha Buyuk 
knyaz deb atalib kelingan. Ivan IV ga 
podsholik unvonining berilishi uni G ‘ar- 
biy Yevropa davlatlari qirollari bilan bir 
qatorga qo‘ydi. Ivan IV ichki siyosatining 
asosiy vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali 
boyarlar mavqeyini zaiflashtirishdan iborat edi. Shu maqsadda 
1549-yilda Ivan IV birinchi bor erkin aholi turli toifalari 
vakillarining yig‘ilishini — Zemstvo soborini chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin 
qoraladi. Sobor yangi Sudebnik tuzish haqida qaror qabul 
qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni ayblari va

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin