Mavzu: Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk va yer solig‘i Reja



Yüklə 498,3 Kb.
səhifə1/5
tarix17.06.2023
ölçüsü498,3 Kb.
#131844
  1   2   3   4   5
Jismoniy shaxslardan to’laydigan mol-mulk va yer solig‘i


Mavzu: Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk va yer solig‘i
Reja:

  1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha 


- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;
- tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.
Turar joy fondi obyektlariga, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi.
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi
❗️2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi.

Mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilaridir.

  • Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish ob’ektidir.




Yüklə 498,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin