Mavzu: Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk va yer solig‘i Reja


-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi



Yüklə 498,3 Kb.
səhifə3/5
tarix17.06.2023
ölçüsü498,3 Kb.
#131844
1   2   3   4   5
Jismoniy shaxslardan to’laydigan mol-mulk va yer solig‘i

5-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi

  • Soliqlarni davlat soliq organlari hisoblab chiqaradilar.

  • Soliq imtiyozlari huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kerakli hujjatlarni soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadilar.

  • Imoratlar, binolar va inshootlarga doir soliq ularning har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holati yuzasidan kommunal xo‘jaligi organlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning davlat majburiy sug‘urtasiga muvofiq to‘lovlarni hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi.

  • Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy egaligida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan mazkur imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.

  • Transport vositalariga solinadigan soliq to‘lov yoziladigan yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holat bo‘yicha, transport vositalarini ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar har yili soliq organlariga taqdim etadigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi.

  • Soliq to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun kerakli ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.

  • Yangi imoratlar, binolar va inshootlar, shuningdek yangi sotib olingan transport vositalari yuzasidan soliq qurib bitkazilgan yoki sotib olingan yildan keyin keladigan yildan boshlab to‘lanadi.

  • Bir necha jismoniy shaxs egaligidagi transport vositasi uchun soliq tarnsport vositasi ro‘yxatda kimning nomiga qayd etilgan bo‘lsa, shu shaxsdan undiriladi.

  • Merosga qolgan imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi uchun soliq meros ochilgan paytdan e’tiboran merosxo‘rlardan undirilb olinadi.

  • Imorat, bino, inshoot yoki tansport vositasi yo‘q qilingan, batamom buzilgan hollarda soliq undirish imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi yo‘q qilingan yoxud batamom buzilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.

  • Imorat, bino, inshoot yoki tarnsport vositasiga egalik huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan ikkinchisiga o‘tgan taqdirda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1-yanvaridan bu mulkka egalik huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha bo‘lgan davr uchun, yangi mulkdor esa egalik huquqini qo‘lga kiritgan oydan boshlab to‘laydi.

  • Kalendar yil davomida soliq imtiyozlari huquqi yuzaga kelgan taqdirda soliq bu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab qayta hisoblab chiqiladi.

  • Soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozlari soliq organlari tomonidan har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.

  • Mol-mulk egalari soliqni teng ikkiga bo‘lib ikki muddatda — 15-iyundan va 15-dekabrdan kechiktirmay to‘laydilar.

  • Soliq to‘loviga o‘z vaqtida tortilmagan shaxslar uni ko‘pi bilan oldingi uch yil uchun to‘laydilar.

  • Noto‘g‘ri olingan soliqning ko‘pi bilan oldingi uch yilligi qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.


Yüklə 498,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin