I BO‘LIM
XVI-XVIII
ASRLARDA YEVROPA,
AM ERIKA VA OSIYO DAVLATLARI
I BOB. YEVROPA УА AM ERIKA DAVLATLARI
l-§ . Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning
tarixiy ahamiyati
«Buyuk geografik kashfiyotlar» atamasi haqida.
«Buyuk
geografik kashfiyotlar» atamasi XV asr oxiri — XVII asr
o‘rtalarida yevropalik sayyohlar
tomonidan amalga oshi-
rilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha
noma’lum bo‘lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. XV
asr oxiridan boshlab quyidagi omillar buyuk geografik kash-
fiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi.
Birinchidan,
XV asr oxiri — XVI
asr boshlariga kelib, Yev-
ropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o ‘sa bosh-
ladi. Bu esa xomashyoga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.
Ikkinchidan,
quruqlikdan va 0 ‘rta Yer dengizi orqali o‘ta-
digan savdo yo‘llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo‘li
ustidan
nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi bo‘lgan Us-
moniylar imperiyasi (Turkiya) qo‘liga o‘tib ketganligi sababli
bu yo‘llar yevropalik savdogarlar uchun xavfli bo‘lib qoldi.
Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo
yoMlarini ochish tarixiy zaruratga aylandi.
Ularda dengiz savdo
yodlarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar va
6
harbiy qurollar ham mavjud edi. Bundan
tashqari,
dengizda kom pasdan foyda-
lanish, astrolyabiya (usturlab) ixtiro qi-
linganligi, shuningdek,
italiyalik olim
P. Toskanelli yerning dumaloqligi haqi-
dagi ta’limotdan kelib chiqib, dunyo xari-
tasini yaratganligi
ham katta ahamiyat-
ga ega bo‘ldi. Bu xaritada Osiyo qit’asi
qirg‘oqlari Atlantika okeanining g‘arbiy
sohillarida ekanligi belgilangan edi. Shu tufayli P. Toskanelli
Yevropa qirg‘oqlaridan G ‘arb tomonga suzib Hindistonga
borish mumkin, deb ishonardi.
Dostları ilə paylaş: