Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va
teleskopning takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyaning
rivojlanishi uchun katta turtki bo‘ldi. Ilgari m a’lum boMmagan
minglab yulduzlar kashf etildi.
1846-yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida
Neptun sayyorasi kashf etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining
muddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va oldindan aytib berish
ham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo ‘ldi. Ilgari Quyosh
va Oy tutilishi xurofotchilarni dahshatga solar edi. Astro-
nom iya m a ’lu m o tlarid an kalen d ar (taqvim ), geografik
xaritalar tuzishda, dengiz kema qatnovida foydalanildi.
Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga ham katta ta ’sir
ko‘rsatdi.
1842-yilda ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Y. Mayer
tajribalar yo‘li bilan energiyaning saqlanish qonunini asos-
lab berdilar. Kimyoviy elem entlar atom og‘irligining ortib
borishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy
tarzda tak ro rlan ish i aniqlandi. Shu qonunga asoslanib
buyuk rus olimi D .I. Mendeleyev 1869-yilda elementlarning
davriy tizim ini yaratdi.
Transport va aloqa.
XIX asr transport sohasida temir yo‘l
va bug‘ m ashinalari asri b o ‘lib qoldi. 1840-yilda jahon
mamlakatlarida barcha tcmiryo‘1 laming uzunligi 7700 km ga
teng. Uning katta qismi Buyuk Britaniya va AQSH hissasiga
to ‘g‘ri kelardi. XIX asrning 40-yillaridan temiryo‘1 qurilishi
Germaniya va Fransiyada ham boshlandi. 1870-yilga kelib
jami 200 ming km temiryo‘l qurilgan edi.
XIX
asrn in g 20- y illa rid a n b u g ‘
mashinalari bilan harakatga keltiriladigan
g‘ildirakli daryo paroxodlaridan keng
foydalanila boshlandi. Keyinroq, 30-
yillarning oxirlaridan g‘ildirakli paro-
x o d la r o k ean o rq a li H in d is to n va
Amerikaga qatnay boshladi. Bora-bora
g‘ildiraklar o‘rnini eshkak vintlar egalladi.
50—60-yillarda G ‘arb m am lakatlarida
yelkanli dengiz floti o‘z o‘rnini paro-
xodlarga bo‘shatib bera boshladi. Aloqa
vositalari ham takomillashtirildi. Elektr
simli telegraf kashf etildi.
Dostları ilə paylaş: