V. Motsartni zamondoshlari «XVIII
asrning haqiqiy m o‘jizasi» deb atashgan.
Haqiqatan ham shunday. U 3 yoshidan
boshlab musiqa o ‘rgana boshlaydi. 5
yoshida o ‘zining b irin ch i konsertini
yozadi. 12
yoshida yozgan operasi
M ilan (Italiya) teatrida qo‘yiladi. 14
yoshida esa Italiyadagi eng obro‘li m u
siqa akademiyasining a ’zosi etib say-
lanadi.
1786-yilda yuqorida nomi qayd etil-
gan Bom arshening «Figaroning uylanishi» komediyasiga
bastalangan opera qo‘shiqlari va musiqasi mashhur b o ‘lib
ketdi. Uning so‘nggi asari «Rekviyem» (Sokinlik) edi. U cher-
kovlarda marhumning xotirasiga bag‘ishlab
ijro etiladigan
hayot va o‘lim, inson qismati haqidagi asardir.
Betxoven ayanchli hayot kechirdi. U eshitish qobiliyatini
deyarli yo‘qotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, kompozitor taslim
bodmadi. U mashaqqatli ijod yodida o‘zi bilan o ‘zi
kurash
olib bordi. Natijada Betxoven barchani hayratga soladigan
musiqalar yaratdi. Ular ichida «Fantaziya yodida sonata» va
«Qahramonnoma» simfoniyasi kabi asarlari, ayniqsa, mash-
hurdir. Simfoniya markazida b o ‘ysunmas, isyonkor, taq-
dirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur,
qo‘rqmas inson obrazi turadi.
Savol va topshiriqlar
1. «Robinzon Kmzoning hayoti va g ‘aroyib sarguzashtlari» asarida
qanday g ‘oyalar ilgari surilgan ?
2. Nega P.Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasi hukmron
tabaqalar g ‘azabiga sabab bo ‘Igan ?
3. Onore de Balzak ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. A.S. Pushkin hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Nima sababdan buyuk musiqachilar I.Bax, Motsart va Betxoven
asarlari hamon mashhuriigini saqlab keimoqda?
Dostları ilə paylaş: