Irlandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib oldi.
Ularning mustaqilligi tugatildi.
Harbiy diktaturaning o ‘rnatilishi.
In q ilo b d an so ‘ng
parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi.
Bunga aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga ol-
maslik hamda narx-navoning o ‘sishi
va ommaviy ishsizlik
sabab bo‘ldi. Parlament o‘z obro‘sini yo‘qota boshladi. Shun-
day sharoitda hukmron tabaqalar mamlakatdagi tartibsiz-
liklarga barham bera oladigan kuchli shaxsning yakka ho-
kimiyati o‘rnatilishi zarur, degan qarorga keldilar.
Hukmron
tabaqa fikricha, Kromvel ana shunday shaxs edi.
1653-yilda hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan Krom
vel «Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-
protektori» deb e’lon qilindi.
Bu mamlakatda amalda Krom-
velning harbiy
diktaturasi
o‘rnatilganligini anglatar edi. Ayni
paytda u parlam entning yangi zodagonlar va burjuaziya
manfaatlarini himoya qiluvchi barcha qarorlarini o‘z kuchida
qoldirdi.
Kromvel vijdon erkinligini ham e’lon qildi.
Bu uning eng
katta xizmatlaridan biri edi. Kromvelning tashqi siyosati ham
hukmron tabaqalar manfaatiga to ‘la mos keldi. Chunonchi,
1654-yilda dengiz savdosidagi asosiy raqib — Gollandiyaning
mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik
Ispaniya ustidan ham
g‘alaba qozonishi buning yorqin dalillari b o ‘ldi. Bu g‘ala-
balardan so‘ng Kromvel haqida m anbalarda: «Q it’aning
kalitlari uning belida osig‘liq», degan jumlalar ham qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: