batda mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashuvi Turkiya bos-
qini xavfmi tobora kuchaytira bordi.
Bu ikki omil Eronni yagona davlatga birlashtirishni hayotiy
zararatga aylantirib qo‘ydi.
Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda
katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan Ardebil
shahri hokimi Ismoil I
Safaviy tomonidan amalga oshirildi.
Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta
hududlarni egalladi. 1502-yilda esa Tabriz shahrini ishg‘ol
etgach, o‘zini shohanshoh deb e’lon qildi (1502—1524). Shu
tariqa tarixga «Safaviylar davlati»
nomi bilan kirgan davlat
vujudga keldi. Bu davlat tarkibiga Erondan tashqari Ozar-
bayjon,
Armanistonning bir qismi, Afg‘oniston, janubi-sharqiy
Iroq va boshqa hududlar kirgan. Tabriz shahri poytaxt etib
belgilandi.
Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni
o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi.
Ismoil I Safaviy markaziy
hokimiyatni mustahkamlash
maqsadida yer egaligining suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay
bekor qildi. Uning o ‘rniga tiyulni joriy etdi.
Topshiriq
VII sinf « 0 ‘zbekiston tarixi» darsligidan qanday yer egaligiga
suyurg‘ol deyilganligini aniqlang.
Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga bo‘y-
sunmaslikka intilishlarini to ‘xtata olmadi.
Safaviy hukmdorlar tinimsiz
bosqinchilik urushlari olib
bordilar. Safaviylar davlati tarkibiga kirgan qaram oMkalar
xalqlarining ozodlik kurashi shafqatsizlik bilan bostirildi.
Dostları ilə paylaş: