shirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Eron tarixida afg‘onlarga
qaramlik davri boshlandi.
Nodirshohning hokimiyat tepasiga
kelishi.
Bu davrda Safaviylar sulolasi
hukmronligi nomiga bo ‘lsa-da, hamon
davom etardi. So‘nggi hukm dor Tax-
m asp II am alda h ech q anday h o -
kimiyatga ega emas edi. Buning ustiga,
unda xalqni turk va afg‘on bosqin-
chilariga qarshi kurashga ko‘tara ola-
digan qobiliyat ham bo‘lmagan.
Shunday sharoitda Eronda shijoat-
kor, katta lashkarboshilik qobiliyatiga ega
Nodir Quli kurash maydoniga chiqdi.
U 1730-yilda afg‘on qo‘shinini butunlay tor-m or etib,
Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi.
Nodir Quli Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha
hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatib, 1736-yilga barcha qa-
bilalar aslzodalarining qurultoyida o‘zini Eron shohi deb e’lon
qilishga erishdi. Shu tariqa Safaviylar sulolasi hukmronligi
butunlay barham topdi.
Nodirshoh katta bosqinchilik urushlari natijasida ulkan
imperiya tuzdi. Biroq u 1747-yilda o‘zaro ichki nizolar natija
sida o‘ldirildi.
Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi.
Nodirshoh
halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga boMinib ketdi.
Eronda turli qabilalar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi.
Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o ‘ynadi. Ular
o‘rtasidagi toj-u taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g‘alabasi
bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik
qildilar. 1796-yilda esa hokimiyatni qojarlar egallab oldi.
Shu tariqa Eronda yangi sulola — Qojarlar sulolasi hukm
ronligi o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehran shahriga ko‘-
chirildi. Qojarlar rahnomasi Og‘a Muhammad o‘zini sho-
hanshoh deb e’lon qildi.
Yangi sulola Eronda 1925-yilgacha hukmronlik qildi.
Dostları ilə paylaş: