bo‘lib o‘tdi. Kongressning asosiy maq-
sadi — Yevropani g‘oliblar manfaati
yo‘lida qayta taqsimlash edi.
Yevropaning 8 ta davlati: Buyuk
Britaniya, Avstriya, Prassiya, Rossiya,
Ispaniya, Shvetsiya, Portugaliya va
Fransiya Kongressning yakunlovchi
hujjatini imzoladilar. Buyuk Brita-
niyaning asosiy maqsadi, Fransiya-
ning zaiflashuviga erishish, o‘zining dengizdagi va mustam-
lakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi. U bunga
erishdi. Ayni paytda Malta, Seylon orollariga, Afrikaning ja-
nubidagi Кар yerlariga ega bo‘lib oldi. Rossiya esa Polshaning
katta qismini egalladi. 200 dan ortiq mayda davlatlarga bo‘-
linib ketgan Germaniya o‘rnida 39 ta davlatdan iborat Ger-
maniya ittifoqi tuzildi. Bu ittifoqda Avstriyaning yetakchi roli
e’tirof etildi. Reyn viloyati, Vestfaliya Prassiyaga qo‘shib
berildi. Polshaning g‘arbiy yerlari ham Prassiya mulki deb
tan olindi.
Avstriya Shimoliy Italiyada mustahkamlanib oldi. Belgiya
Gollandiyaga qo‘shib berildi. Shveytsariyaning mustaqilligi
tiklandi va u abadiy betaraf davlat maqomiga ega bo ‘ldi.
Fransiya hududi o ‘zining 1792-yilgi chegarasigacha qis-
qartirildi. Unga 700 min frank oltin hisobida
kontributsiya
to ‘lash majburiyati yuklandi. Fransiya bu kontributsiyani
toMagunga qadar uning shimoliy qismi ittifoqchilar qo‘shini
tomonidan ishg‘ol qilinadigan b o ‘ldi. Fransiya ikkinchi da-
rajali davlat maqomiga tushib qoldi. Shu tariqa Vena Kong-
ressi Yevropa siyosiy xaritasini kuch bilan o‘zgartirib tash-
ladi. Ayni paytda Vena Kongessi qora tanli qullar savdosini
taqiqlovchi deklaratsiya ham qabul qildi.
Dostları ilə paylaş: