bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit
yaratdi.
Shunday vaziyatda burjuaziya inqilobning oldini olish
uchun hukumat oldiga islohotlar o ‘tkazish talabini qo‘ydi.
Uning asosini saylov huquqini kengaytirish to ‘g‘risidagi ma
sala tashkil etardi. Buijuaziya shu yo‘l bilan Iyul monarxiyasini
yon berishga undamoqchi bo ‘ldi. Ishchilar esa respublika
tuzumining eng qat’iyatli tarafdori boMdilar. Ayni paytda ular
boMajak respublikaning mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan,
barcha fuqarolar uchun mehnat qilish huquqini kafolatlovchi
qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va mehnat
sharoitini yaxshilaydigan respublika b o ‘lishi talabini ham
qo‘ydilar. Bu talab yirik mulkdorlar tabaqasini cho‘chitib
yubordi.
Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda,
ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki
barobardan ortiqqa kamaydi. Qashshoqlashgan ishchilar endi
qurollana boshladilar. Nihoyat, 1848-yilning 23-fevralida Fran-
siya tarixida yana bir inqilob yuz berdi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar,
muassasalar qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Shunday sharoitda
Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Buyuk Britaniyaga qochib
ketishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar qirol saroyini egallab,
uning taxtini yoqib yubordilar.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida Iyul mo-
narxiyasi quladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb
e’lon qilindi. Bu Fransiya tarixidagi ikkinchi Respublika edi.
Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi huku
mat matbuot, namoyishlar o‘tkazish erkinligini e’lon qildi.
Shuningdek, 21 yoshga to ‘lgan barcha erkaklarga saylov hu-
quqi berildi.
Dostları ilə paylaş: