davlat apparati har qanday hurfikrni qatag‘on qilar edi. Bu
omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi.
Inqilobning asosiy maqsadi — Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga
barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi.
Inqilobga bur-
juaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori b o ‘lgan
m o‘tadil qismi rahbarlik qildi.
1848-yilgi inqilob.
Yevropaning boshqa davlatlarida 1847-
yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz
Germaniyani ham chetlab
o‘tmadi. Bu inqiroz ishsizlikning ko‘payishiga, ish haqining
pasayishiga olib keldi. Barcha tovarlar,
jumladan, oziq-ovqat
mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Oqibatda,
och qolgan
aholi ko‘chaga chiqdi. Fransiyada boshlangan 1848-yilgi fevral
inqilobi ta ’sirida 18-mart kuni Berlinda qo‘zg‘olon boshlandi.
Berlin ko‘chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Tun bo‘yi
shiddatli ko‘cha janglari davom etdi. Shunday sharoitda Prus-
siya qiroli murosa yo‘lini izlashga majbur bo ‘ldi va Millat
majlisiga (parlament) saylov belgilashga
hamda Konstitutsiya
ishlab chiqishga va’da berdi. Siyosiy vaziyatning biroz bo‘lsa-
da yumshashiga erishgan qirol hokimiyati inqilobni bosti-
rishga erishdi. Shunday b o ‘lsa-da, inqilob butunlay izsiz
ketmadi.
1848-yilda Prussiya qirolligida konstitutsiya
joriy etilishi-
ning o‘zi katta siyosiy voqea edi.
Dostları ilə paylaş: