Jahon tarixi


-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

28-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Rossiya imperiyasi
Iqtisodiy hayotning o ‘ziga xos xususiyatlari. 
Chor 
Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga 
katta g‘ov bo ‘lib qoldi. G ‘arbiy Yevropa davlatlari va 
AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda,
104


Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron 
edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon o ‘rta asr krepostnoylik 
tartiblari hukm surardi va u taraqqiyotning asosiy to ‘sig‘iga 
aylangan edi.
Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-
yilgi Fransiya — Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin 
ham chor Rossiyasida 
samoderjaviye
boshqaruv tartibi va kre­
postnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor 
Rossiyaning ilg‘or fikrli kishilarini harakatga chorladi. Ular 
o ‘z vatanini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko‘- 
rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzum ni o ‘zgartirmay 
turib, o ‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi 
bilar edilar.
Ular samodeijaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur 
b ilan kurash b o sh lad ilar. Bu kurash R ossiya tarixiga 
«D ekabristlar harakati» nom i bilan kirgan. D ekabristlar 
zodagonlarning farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Ros­
siyada respublika o‘rnatish tarafdorlari bo‘lgan bo ‘lsa, ikkin- 
chisi, konstitutsiyaviy monarxiya o ‘rnatish tarafdori edi.
Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat 
tuzdilar. Ulardanbiri, «Janubiy jamiyat», 
ikkinchisi, «Shimoliy jamiyat» deb ataldi.
Flar ikki jamiyat ham Rossiya Konstitut- 
siyasining loyihasini yaratdi. «Janubiy ja- 
m iyat»ning k o ‘zga k o ‘ringan arbobi 
Vatan urushi qatnashchisi, Borodino 
jangida ko‘rsatgan jasorati uchun oltin 
dastali qilich bilan mukofotlangan Pavel 
Pestel edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi 
«Rus haqiqati» deb ataldi. Loyihada samodeijaviye, krepost­
noylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada respublika idora 
usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Flamma fuqarolar uchun 
teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq Vechesi»ning 
Rossiya parlamenti boMishi belgilandi.
«Shimoliy jamiyat»da Nikita Muravyov tayyorlagan kons­
titutsiya loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb 
e’lon qilishni ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan 
ikki palatali Xalq Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat 
organi (parlament) boMishi kerak edi. Dekabristlar o‘z maq-
K

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin