Jahon tarixi


Surgun — jazo tariqasida boshqa yerlarga j o ‘natish. Savol va topshiriqlar



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Surgun — jazo tariqasida boshqa yerlarga j o ‘natish.
Savol va topshiriqlar
1. Matndan Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyotjihatidan G ‘arbiy Yevropa
mamlakatlaridan orqada qolganligi sabablarini aniqlang.
2. Dekabristlar harakati о ‘z oldiga qanday maqsadiami qo ‘ygan edi?
3. Rossiyada hukm surgan reaksiya haqida nimalami bilib oldingiz?
4. Rossiya hukmron doiralari nega krepostnoylik huquqini bekor
qilishga majbur bo ‘idilar va и qanday tartiblarda amaiga oshi-
riiadigan bo ‘Idi?
TV
BOB. XEX ASRNINCi 70-YITIARTGACHA
BO‘LGAN DAVRDA AMU RIKA MAMLAKATLARI
29-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Amerika Qo‘shma Shtatlari
AQSH iqtisodiy taraqqiyoti. 
M ustaqillik yillarida 
AQSHda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanib, XIX asrning
30-yillarida sanoat inqilobi boshlandi. XIX asr o‘rtalari- 
gacha AQSH, asosan, qishloq xo‘jalik mamlakati edi. Mam- 
lakat shim olida kapitalistik m unosabatlar tez rivojlandi. 
Qishloq xo‘jaligining asosini 
fermer
xo‘jaligi tashkil etdi.
108


Fermerlikning asosini yollanma mehnat tashkil qilib, ular 
pomeshchiklarga qaram dehqonlarga nisbatan ko‘proq tovar 
sotish va sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Amerika qishloq 
xo‘jaligiga xos bu xususiyatlar AQSH iqtisodiyotining tez 
rivojlanishiga yordam berdi.
Plantatsiya xo‘jaligi. 
AQSHda xo‘jalik yuritishning ikki 
tizimi uzoq vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo‘jaligi rivoj- 
langan shimoliy shtatlarda qulchilik XIX asrning boshlaridayoq 
bekor qilindi. Janubiy shtatlarda esa qulchilikka asoslanuvchi 
plantatsiya xo‘jaligi hukm ronlik qilardi. Janubning tabiiy 
sharoitlari paxta yetishtirish uchun qulay edi. Buyuk Britaniya 
va AQSHda sanoatning tez rivojlanishi paxtaga bo‘lgan talabni 
to b o ra oshirib yuborgan. Buyuk B ritan iy a fabrikalari 
AQSHdan paxta xarid qilishni ko‘paytirib borganlari sari 
qullarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm shafqatsizligi 
jihatidan krepostnoylikning eng ayanchli shakllaridan ham 
dahshatli edi.
Ayni paytda oq tanli ko‘pgina kishilar — ishchilar, fer­
merlar, ziyolilarning ilg‘or qatlamlari qulchilikning bekor 
qilinishi uchun kurash olib bordilar. Shu tariqa 
abolitsionistlar
harakati vujudga keldi.
AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni 
tobora ortib bordi. 50-yillarning oxirlarida atoqli abolitsio- 
nist, oq tanli fermer Jon Braun Virginiyada qullar qo‘zg‘o- 
lonini ko‘tarishga urinib ko‘rdi. U Allegan tog‘ida joylashib 
olib, bu yerdan qo‘zg‘olonni plantatsiyalarga yoyishni umid 
qilgandi. Braun tuzgan qurolli guruh 22 kishidan iborat 
b o ‘lgan. Gurugda 5 nafar qora tanli kishi ham bor edi. 
Yomg‘irli tunda u qurol-yarog‘lar saqlanadigan kichik om- 
borni bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra Braun qo‘shni 
plantatsiyalardagi qullarni ozod qilish va quldorlarni garov 
sifatida qo‘lga olish uchun o‘z odamlarini yubordi.
Ammo Braun umumiy qo‘zg‘olon ko‘tarishga muvaffaq 
boMolmadi. Tez orada hukumat qo‘shini Braunning qurolli 
guruhini to r-m o r etdi. Og‘ir yarador boTgan Braun esa 
qamoqqa olindi va osib oMdirishga hukm qilindi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin