tamlakalarda katta boylik jam g‘ardilar. Ular
kreollarga
men-
simay qarardilar.
Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar va rahoniylar
tabaqalari mavjud edi. Ispaniya am aldorlari kreollarni
mustamlakalardagi oliy ma’muriy lavozimlarga
yo Mat mas, ular
bilan takabburona muomala qilar edilar. Kreollar Ispaniya
xazinasiga toManadigan og‘ir soliqlardan, mustamlakachi
amaldorlarning beboshligidan va Ispaniya ma’murlari mus-
tam lakalarning boshqa davlatlar bilan savdosini taqiqlab
qo‘yganligidan aziyat chekkanlar.
M ustam lakachilik zulm i qishloq x o ‘jaligi
va savdoni
yanada rivojlantirish uchun asosiy to ‘siq boMib qoldi. Bu
om illar Ispaniyaning m ustam lakachilik zulm iga qarshi
ozodlik harakatini keltirib chiqardi.
Bu harakatning asosiy
maqsadi — mustaqil davlatlar tuzish edi.
Kreollardan chiqqan
o ‘qimishli kishilar, pomeshchiklar, ayniqsa,
zobitlar orasida
ozodlik g‘oyalari keng tarqaldi. M ustamlakalarda burjuaziya
hali zaif edi.
Shu sababli kreollardan chiqqan inqilobchilar ozodlik
harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari
xalq ommasining — hindular, metis
va mulatlardan chiqqan
dehqonlar bilan hunarmandlarning hamda mustaqillik tufayli
o ‘z qismatining yengillashuviga umid bogMagan qora tanli
qullarning ham madadiga tayandi.
Meksikada mustaqillik urushi.
1810-yilda mustamlakalarda
ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. Lotin Amerikasi xalqlarining
ozodlik kurashi jarayonida ko‘pgina
ajoyib vatanparvarlar
yetishib chiqdi.
M igel Idalgo.
Meksika xalqi ozodlik kurashining
shonli qahram onlari Migel Idalgo va
Xose Morelosning nomlarini hozir ham
hurmat bilan eslaydi.
Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy
aholi, ayniqsa, hindular sevar edi. U
hindularning tillarini bilardi. 1810-yilda
Idalgo dehqonlarning eng kam bag‘al
tabaqalariga
mansub boMgan hindular
bilan mulatlarni mustaqillik uchun ku-
rashga va o‘zlaridan tortib olingan yerlar-
ni qaytarib olishga chaqirdi. Qo‘zg‘olon
1 1 2
ko‘targan hindu va mulatlardan butun bir qo‘shin tuzildi.
Idalgo quldorlarga o ‘zlarining hamma qullarini o‘n kunlik
muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi va hindu jamoalari
mustamlakachi m a’murlarga to ‘lab kelgan o ‘lponni
bekor
qildi.
Biroq, Ispaniya qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirdi. Asir olingan
Idalgo esa otib o ‘ldirildi. Idalgoning eng yaqin safdoshi
Morelos uning ishini davom ettirdi.
Biroq Ispaniyaning m untazam qo‘shini bu safar ham
qo‘zg‘olonchilardan ustun keldi, Morelos esa otib tashlandi.
Keyinchalik ozodlik harakatiga
rahbarlikni badavlat po-
meshchiklar qo‘lga oldilar. Meksikada mustaqillik uchun
kurash davom etdi.
Nihoyat, 1821-yilda Meksika mustaqillikka erishdi. Qullik
bekor qilindi. 1824-yilda esa Meksika respublika deb e’lon
qilindi.
Dostları ilə paylaş: