Jahon tarixi


Iyul monarxiyasi inqirozi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Iyul monarxiyasi inqirozi. 
Yangi qirol 
va Konstitutsiya xalq ommasining ahvo- 
lini yengillashtira olmadi. Aksincha, da- 
vom etayotgan sanoat to ‘ntarishi aho- 
lining qashshoqlanishini yanada ku- 
chaytirdi. Ishchilarning ish vaqti 12—16 
soat davom etardi. Ishchini korxona egasi 
istagan paytda ko‘chaga haydashi mum- 
kin edi. Ayniqsa, to ‘qimachilik sanoati 
ishchilarining ahvoli og‘ir edi. Birgina 
Lion shahrining o ‘zida o ‘ttiz mingga 
yaqin to ‘quvchi qashshoqlikda yashardi.
K orxona egalari ularning ish haqini 
oshirish haqidagi talabini rad etishi 1831- 
yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Qo‘zg‘olonchilar o‘z bayroqlariga «Ishlab 
yashaylik yoki jang qilib oMaylik» deb yozib olgandilar.
Qo‘zg‘olonchilar Lion shahrini egallab oldilar. Biroq poy- 
taxt Parijdan Lionga yuborilgan qo‘shin qo‘zg‘olonni shaf- 
qatsizlik bilan bostirdi. Hukumat to ‘qimachilar qo‘zg‘olonidan 
tegishli xulosa chiqarib olmadi. Aksincha, ta ’qib etish siyosati 
bilan ishchilarni itoatda tutishga urindi.
Oqibatda, 1834-yilda Lion to ‘quvchilari yana qo‘zg‘olon 
ko‘tardilar. Bu safar qo‘zg‘olonchilar faqat ish haqini oshirish 
to ‘g‘risidagi talab bilan cheklanib qolmadilar. U lar endi 
respublika tuzumi o‘rnatilishini ham talab qildilar. Biroq, bu 
qo‘zg‘olon ham shafqatsizlik bilan bostirildi.
1848-yil inqilobi. 
1845- va 1847-yillarda Fransiyada qur- 
g‘oqchilik ro‘y berdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining, 
birinchi navbatda nonning narxi oshib ketdi. Bu ham yetma- 
ganidek, 1847-yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz 
qamrab oldi.
Bu esa ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning 
qadrsizlanishiga olib keldi. Korxonalarning yopilishi yoki 
ishchi o ‘rinlarining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib
Lion ishchilari
qo‘zg ‘oloni.
99


bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit 
yaratdi.
Shunday vaziyatda burjuaziya inqilobning oldini olish 
uchun hukumat oldiga islohotlar o ‘tkazish talabini qo‘ydi. 
Uning asosini saylov huquqini kengaytirish to ‘g‘risidagi ma­
sala tashkil etardi. Buijuaziya shu yo‘l bilan Iyul monarxiyasini 
yon berishga undamoqchi bo ‘ldi. Ishchilar esa respublika 
tuzumining eng qat’iyatli tarafdori boMdilar. Ayni paytda ular 
boMajak respublikaning mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, 
barcha fuqarolar uchun mehnat qilish huquqini kafolatlovchi 
qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va mehnat 
sharoitini yaxshilaydigan respublika b o ‘lishi talabini ham 
qo‘ydilar. Bu talab yirik mulkdorlar tabaqasini cho‘chitib 
yubordi.
Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda, 
ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki 
barobardan ortiqqa kamaydi. Qashshoqlashgan ishchilar endi 
qurollana boshladilar. Nihoyat, 1848-yilning 23-fevralida Fran- 
siya tarixida yana bir inqilob yuz berdi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, 
muassasalar qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Shunday sharoitda 
Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Buyuk Britaniyaga qochib 
ketishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar qirol saroyini egallab, 
uning taxtini yoqib yubordilar.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida Iyul mo- 
narxiyasi quladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb 
e’lon qilindi. Bu Fransiya tarixidagi ikkinchi Respublika edi. 
Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi huku­
mat matbuot, namoyishlar o‘tkazish erkinligini e’lon qildi. 
Shuningdek, 21 yoshga to ‘lgan barcha erkaklarga saylov hu- 
quqi berildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin