Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

«Muqaddas Ittifoq». 
Yevropada kelgusida ro ‘y berishi 
mumkin bo‘lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish maq- 
sadida uch davlat — Rossiya, Avstriya va Prassiya monarxlari 
ittifoq tuzdilar.
U tarixga «Muqaddas Ittifoq» nomi bilan kirdi.
Kontributsiya (lotincha) — urushda yetkazilgan zarar
о ‘m in i qoplash uchun m ag ‘lub davlat tomonidan to ‘la-
nadigan to ‘lov.
1
-
Jahon tarixi
97


Savol va topshiriqlar
1. Fransiyada Birinchi imperiya qay tariqa vujudga keldi?
2. Fansiyada Burbonlar hokimiyati qay tariqa tiklandi?
3. «Vaterioo jangi» haqida nimalami bilib oldingiz?
4. Vena Kongressi qanday masalalarni hal etdi?
5. «Muqaddas Ittifoq» qanday maqsadni ко ‘zlab tnzildi?
Mustaqil ish
«Birinchi imperiya halokati sabablari» m atn tezisini tayyoriang.
26-§. Fransiyada Ikkinchi imperiyaning
o‘rnatilishi
Iyul monarxiyasi. 
1815-yilda hokimiyati yana qayta 
tiklangan Burbonlar sulolasining vakili Lyudovik XVIII 
Napoleon tarafdorlaridan o‘ch ola boshladi. Ko‘plab har- 
biylar otib tashlandi. Butun hokimiyat eski o‘rta asr feodal 
tuzumi tarafdorlari qo‘lida to ‘plandi. Aholining atigi bir foiziga 
yaqini saylov huquqiga ega bo‘ldi. Burjuaziya, hunarmandlar, 
ishchi va dehqonlarga saylov huquqi berilmadi.
1824-yilda Lyudovik XVIII vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X 
egalladi. U o ‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga uri- 
nib, 1830-yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni 
paytda yangi parlamentga o ‘tkaziladigan saylovda saylov hu- 
quqining yanada cheklanishini m a’lum qildi. Bu esa Parij 
shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Uning harakatlan- 
tiruvchi kuchlari buqaziya, ishchilar, hunarmand va talabalar 
bo ‘ldi. 
Inqilobning maqsadi Fransiyada respublika tuzumini o ‘r-
natish edi.
Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo‘rqqanidan chetelga 
qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya — bankirlar, yirik 
sanoatchilar va katta yer egalari qo‘liga o ‘tdi. Ular mo- 
narxiyani saqlab qolishga urindilar. Buning asosida monarxiya 
va respublika tarafdorlarining bir-biriga yon berib, o ‘zaro 
m urosada yashashlariga erishish m aqsadi yotardi. Shu 
maqsadda taxtga Burbonlarning qarindoshi orleanlik Lui Fi­
lipp o‘tqazildi. Shu yo‘l bilan monarxiya saqlab qolindi. 
Bu
hodisa iyul oyida ro ‘y berganligi tufayli tarixga «Iyul monarxiyasi»
nomi bilan kirdi.
Uning davrida mamlakat yangi Konstitutsiyasi
98


qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyada so‘z, matbuot, yig‘inlar 
o‘tkazish erkinliklari e’lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh 
va mulk 
senz
lari kamaytirildi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini 
chekladi, ayni paytda, parlamentning rolini oshirishni ko‘zda 
tutuvchi moddalar kiritildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin