25-§. Fransiyada Birinchi imperiya va uning
halokati
Fransiyada Birinchi imperiya.
1799-yilgi davlat to ‘n-
tarishidan so‘ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan
Napoleon Bonapart endi yakkahokimlikka intila bosh-
ladi. Shuning uchun u dastlab o‘zining umrbod konsul deb
e’lon qilinishiga erishdi. 1804-yilda esa Senatdan uni «Fran-
suzlar imperatori Napoleon F> deb e’lon qildi. Shu tariqa,
Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya
zodagonlarga emas, yirik buquaziyaga, qo‘shin va davlat
amaldorlariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi.
Istilochilik urushlari.
Napoleon katta istilochilik urushlari
olib bordi. Chunonchi, qisqa muddat ichida dastlab Avstriya
poytaxti Vena va Prussiya poytaxti Berlin shaharlarini egal-
ladi. 0 ‘z g‘alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Bri-
taniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qilinganligi haqidagi dek-
retni imzoladi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlat -
larning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi.
N apoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani
bo‘g‘ib tashlash edi.
Qit’a qamali Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi
uchun o‘z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi. Rossiya
Fransiyaning Yevropadagi barcha g‘alabalarini tan olishga va
1807-yilda Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to ‘g‘risida
shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi. Bu shartnoma tarixga
«Tilzit shartnomasi» nomi bilan kirdi. Shartnomaga ko‘ra,
Rossiya Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga
qo‘shilish majburiyatini oldi.
Dostları ilə paylaş: