Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Parlament islohoti. 
1825-yilda Buyuk Britaniya par- 
lamenti ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu 
qonun ishchilar o ‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqar- 
di. Natijada parlament islohoti o ‘tkazish masalasi zaruratga 
aylandi. Bu jam iyatda yetilgan m uam m olarni tinch yo‘l 
bilan hal qilishga imkon berardi. Oxir-oqibatda 1832-yilda 
parlament islohoti o ‘tkazilib, parlamentga saylov tartibi o ‘z- 
gartirildi.
Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 
o‘rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy 
jihatdan ham o ‘z hukm ronligini m ustahkamladi. Islohot 
natijasida parlam ent quyi palatasining mamlakat siyosiy 
hayotidagi o‘rni mustahkamlandi. U davlat budjetini nazorat 
qilish huquqini saqlab qoldi.
Buyuk Britaniya hukum atining faqat quyi palata oldida 
javobgarligi belgilab q o ‘yildi. Quyi p alata hukum atga 
ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukum at iste’foga chi- 
qishga majbur b o ‘ladigan tartib o ‘rnatildi.
Islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 13 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarning mehnat qilishi taqiqlandi.
Parlam ent islohoti m am lakatda saylov huquqi uchun 
kurashni batamom to ‘xtata olmadi.
1836-yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov 
huquqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov 
huquqini kengaytirish masalasida 12 yil davomida parla­
mentga uch marta xartiya (chartiya) — yorliq topshirdi. Bar- 
cha erkaklarga umumiy saylov huquqi berilishi uchun bosh- 
langan harakat tarixga chartistlar harakati nomi bilan kirdi.
Bu harakat garchand yengilgan bo‘lsa-da, keyingi parla­
ment islohotlariga o‘z ta ’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
91


Chartistlar parlam entga xartiya olib bormoqdalar.
1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o ‘tkazildi. Unga 
ko‘ra, shaharlarda o‘z uyiga ega bo ‘lgan hamda alohida xona- 
donda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin