miqdori kamaytirildi. Savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivoj-
lantirishga alohida e’tibor berdi. Yangi-yangi karvonsaroylar
va savdo yodlari qurildi. Savdo karvonlari qaroqchilariga qarshi
shafqatsiz kurashdi. Rossiya, Turkiya, Angliya,
Niderlandiya,
Fransiya va Venetsiya bilan keng kolamli savdo-sotiq yo‘lga
qo‘yildi. Bu esa Eronning ichki va tashqi savdosi o ‘sishiga olib
keldi. Yangi-yangi sug‘orish inshootlari ham bunyod etildi.
Bundan tashqari, Abbos I muntazam qo‘shin ham barpo etdi.
Iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi.
XVIII asrdan boshlab
Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlandi. Bunga yer
egaligining tiyul shakli m iqdorining ko ‘payib
borganligi
oqibatida davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi aso-
siy sabab bo‘ldi. Bu hoi davlat xazinasiga tushadigan daro-
madning kamayishiga olib kelgan.
Buning oldini olish uchun
keyingi hukmdorlar dehqonlar to ‘laydigan soliq miqdorini
oshirdilar. Bu esa, o‘z navbatida, dehqon xo‘jaliklarini
xona-
vayron qilib, savdogar va hunarmandlar ahvolini ham yomon-
lashtirdi. Buning ustiga, jon solig‘i (jizya)
m iqdori ham
oshirildi.
Natijada dehqonlar uchun yerni ijaraga olib tirikchilik
qilishdan manfaat qolmadi. Endi ularning tirikchilik ilinjida
boshqa joylarga ketishdan o‘zga ilojlari yo‘q edi.
Biroq shoh
Sulton Husayn bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1710-yilda
dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon
chiqardi.
Dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi ichki savdoning
keskin kamayishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: