Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

T o‘qimachilik fabrikasi.
qurildi. Bu hodisa mamlakatning turli mintaqalarini bir-biri 
bilan tutashtirilishini hamda yuk tashishning arzonlashuvini 
ta ’minladi. Ayni paytda ichki bozor kengaydi. Oqibatda za- 
vod va fabrika egalari mumkin qadar ko‘proq mahsulot ishlab 
chiqara boshladilar.
Temiryo‘1 qurilishining boshlanishi, o‘z navbatida, cho‘yan, 
temir va poMatga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning 
yangi tarmog‘i — parovozsozlik paydo bo‘ldi. Bu esa qudratli 
savdo va harbiy dengiz floti tuzishga inikon berdi.
X IX asr insoniyat tarixiga bug‘ mashinalari asri b o ‘lib
kirgan
Mamlakat hayotidagi bu o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning 
«dengizlar hukmroni» mavqeyini yanada mustahkamladi.
XIX asrning 40-yillariga kelib qishloq xo‘jaligida ham ma- 
shinalar va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish boshlandi. Kat- 
ta-katta sanoat korxonalarini qurish davom etdi. TcmiryoMlar 
va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag‘ talab etardi. 
Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada orttirdi. Ular 
endi xalqaro miqyosda ham faoliyat ko‘rsata boshladilar.
Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning 
konsentratsiyalashuvi
ro‘y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtiso- 
diyotida yetakchilik qishloq xo‘jaligidan sanoatga o ‘tdi. Buyuk 
Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo‘lib qoldi.
Sanoat to‘ntarishining tugallanishi. 
XIX asrning 40-yillariga 
kelib sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti 
yangi bir hodisa — sanoat to ‘ntarishining tugallanishiga olib 
keldi.
90


Sanoat to ‘ntarishning tugallanishi deyilganda bir mashina
yordamida boshqa mashinaning yaratilishi boshlanganligi
tushuniladi.
Buyuk Britaniyada esa bu hodisa XIX asrning 40-yillarida 
yuz berdi.
Sanoatda bug‘ mashinasi asosiy kuch bo‘lib qoldi. Tosh- 
ko‘mir yoqilg‘ining eng muhim turiga aylandi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin