THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH
International scientific-online conference
Part 1, Issue 5: MAY 31
st
2022
~ 632 ~
www.interonconf.com
QOBIQ TRUBALI ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARI
M.A.Xoshimxonova
TDTU Olmaliq filiali kat.o’qituvchi
Sh.A. Akbarova
M.A. Mahamatrafiqova
Z.A. Tursunboyeva
Ch.I. Abаbakirova
TDTU Olmaliq filiali talabalari
Annotatsiya.
Ushbu maqolada issiqlik almashinish jarayonlari va ushbu
jarayonlarda qo‘llaniladigan issiqlik almashinish qurilmalari, ular ichidan esa qobiq-
trubali issiqlik almashinish qurilmalari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar
:
Issiqlik almashinish jarayonlari, issiqlik almashinish qurilmalari,
qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi, truba ichida truba, isitkich, sovutkich,
kondensator.
Sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom-ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda
issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi
qurilmalar juda keng
miqyosda qo‘llaniladi. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo‘jaligining
turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko‘p ishlatiladigan turidir. Qobiq-trubali issiqlik
almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning yo‘nalishi parallel yoki qarama-qarshi
bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari isitkich, bug‘latkich, sovutkich va kondensator
kabi turlarga ajratiladi.Konstruksiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq-trubali,
truba ichida truba, zmeyevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g‘ilofli,
blok-grafitli, shnekli va hokazo bo‘lishi mumkin. Trubalarning qo‘zg‘almas teshik
panjarali, bir yo‘lli, vertikal va boshqa qobiq trubali issiqlik
almashinish qurilmalari
mavjud. Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy,
ilg‘or texnologiyasi – bu portlatib valtsovka qilishdir. Trubalar bo‘shlig‘i seksiyalanishi
tufayli, seksiyadagi trubalar soni butun qurilmanikiga qaraganda kamayadi. Bu esa
suyuqlik oqimi harakatlanadigan ko‘ndalang kesimi yuzasi
kamayishiga va issiqlik
eltkich tezligining ortishiga olib keladi. Biz o‘rganib chiqqanimiz bo‘yicha to‘rt yo‘lli
qurilmada, bir yo‘llikka qaraganda suyuqlikning tezligi to‘rt marta ko‘p bo‘ladi. Bu hol
esa trubalar bo‘shlig‘ida issiqlik berish koeffitsiyentining o‘sishiga sababchi bo‘ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har doim termik qarshiligi
yuqori issiqlik eltkichning
tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir. 1-rasmda trubalarning qo‘zg‘almas teshik
panjarali,bir
yo‘lli,vertikal
qobiq-trubali
issiqlik
almashinish
qurilmalasi
tasvirlangan.Ushbu qurilma silindrsimon qobiq 1va uning
ikki chetiga isituvchi
trubalar 3 mahkamlangan teshikli panjara 2 lardan tarkib topgan.Trubalar o‘rami