Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang:
Ismoil I Safaviy 1502-yilda ... . 
♦ XVIII asrdan boshlab ....
Abbos I davrida . .. .
Afg‘onlar istilosi. 
Iqtisodiy tushkunlik, o‘z navbatida, aholi 
turli tabaqalari orasida norozilikni kuchaytirdi. Ayni paytda 
yirik yer-mulk egalarining markaziy hokimiyatga b o ‘ysun- 
masligi va bosib olingan o‘lka xalqlarining ozodlik uchun ku- 
rashi avj oldi.
C hunonchi, 1722-yilda afg‘onlar o ‘z yetakchilari M ir 
Mahmud boshchiligida zaiflashib qolgan Eronga hujum qildi. 
Eron shohi Sulton Husayn hokimiyatni Mir Mahmudga top-
8 6


shirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Eron tarixida afg‘onlarga 
qaramlik davri boshlandi.
Nodirshohning hokimiyat tepasiga
kelishi. 
Bu davrda Safaviylar sulolasi 
hukmronligi nomiga bo ‘lsa-da, hamon 
davom etardi. So‘nggi hukm dor Tax- 
m asp II am alda h ech q anday h o - 
kimiyatga ega emas edi. Buning ustiga, 
unda xalqni turk va afg‘on bosqin- 
chilariga qarshi kurashga ko‘tara ola- 
digan qobiliyat ham bo‘lmagan.
Shunday sharoitda Eronda shijoat- 
kor, katta lashkarboshilik qobiliyatiga ega 
Nodir Quli kurash maydoniga chiqdi.
U 1730-yilda afg‘on qo‘shinini butunlay tor-m or etib, 
Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi.
Nodir Quli Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha 
hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatib, 1736-yilga barcha qa- 
bilalar aslzodalarining qurultoyida o‘zini Eron shohi deb e’lon 
qilishga erishdi. Shu tariqa Safaviylar sulolasi hukmronligi 
butunlay barham topdi.
Nodirshoh katta bosqinchilik urushlari natijasida ulkan 
imperiya tuzdi. Biroq u 1747-yilda o‘zaro ichki nizolar natija­
sida o‘ldirildi.
Qojarlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. 
Nodirshoh 
halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga boMinib ketdi. 
Eronda turli qabilalar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi. 
Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o ‘ynadi. Ular 
o‘rtasidagi toj-u taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g‘alabasi 
bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik 
qildilar. 1796-yilda esa hokimiyatni qojarlar egallab oldi.
Shu tariqa Eronda yangi sulola — Qojarlar sulolasi hukm­
ronligi o‘rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehran shahriga ko‘- 
chirildi. Qojarlar rahnomasi Og‘a Muhammad o‘zini sho- 
hanshoh deb e’lon qildi.
Yangi sulola Eronda 1925-yilgacha hukmronlik qildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin