Italiyaning birlashtirilishi.
1861-yilda birlashgan Italiya
qirolligi tashkil etildi. Xo‘sh, bu birlashish qay tariqa sodir
bo‘ldi? Kapitalizmni yanada rivojlantirish zararati mamlakat-
ning birlashuvini nihoyasiga yetkazishni taqozo etardi. Busiz
Italiya Yevropada o‘z o ‘rniga ega bo ‘lgan davlatga aylana
olmas edi. Til va madaniyat birligi Italiyani yagona davlatga
birlashtirish imkonini berdi. Italiyani birlashtirishdek tarixiy
vazifani ro‘yobga chiqarish Sardiniya qirolligi zimmasiga tush-
di. Uning bosh vaziri K. Kavur uzoqni ko‘ra oluvchi siyo-
satchi, m o‘tadil islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya
tarafdori edi.
K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi ku-
rashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga
erishdi. Avstriya qo‘shini magdubiyatga
uchratilib, u bilan sulh tuzildi. Biroq,
Sitsiliya va Neapol qirolligi Italiya siyo-
siy tarqoqligining tayanchi bo‘lib qolayot-
gan edi.
1860-yilda Italiyani birlashtirishning
qizg‘in tarafdori, xalq qahram oni Ju-
zeppe Garibaldi o‘z harbiy kuchi bilan
Sitsiliya oroliga kelib tushdi. Xalq om-
masi uni xaloskor sifatida kutib oldi.
Sitsiliyaning asosiy shahri Palermo egallandi. Shundan so‘ng
J. Garibaldi qo‘shini Neapolga yurish qildi. Neapol qo‘shini
tor-m or etildi va Neapol qirolligi tugatildi.
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda
ikki palatali (Senat va Deputatlar palatasi) parlament joriy
etildi. Oradan bir necha yil o‘tgach, Avstriya qo‘l ostida qolgan
Venetsiya viloyati ham, 1870-yilda esa
Fransiya ta ’sirida b o ‘lgan Rim shahri
ham Italiya qirolligiga qo‘shib olindi.
Shu tariqa Italiyani yagona davlatga
birlashtirish yakunlandi.
Germaniyani birlashtirish uchun ku-
rash.
G erm aniyada ham jam iyatning
ilg‘or qatlami milliy birlashuv uchun
kurashayotgan edi. Bu yerda ham butun
mas’uliyatni Germaniyada mavjud ko‘p-
lab davlatlardan biri o ‘z zimmasiga olishi
Dostları ilə paylaş: