parokandalik “Besh bolali yigitcha” romani qahramonlari Orifjon va uning ukalari
xarakteri tasviriga jon bag’ishlaydi.
XULOSA Ko’rinadiki, X.To’xtaboyev ijodiy yutug’ini badiiy syujet yaratish borasidagi
ijodiy izlanishlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha tarzda yozuvchi
asarlarining badiiy tili va kulgi yaratish mahoratini ham ta’kidlash mumkin.
Yozuvchining bir asaridan boshqa asariga ko’chib yuruvchi nim tabassum,
hozirjavoblk, zukkolik kitobxon qalbiga ham ko’chadi. Bu hamma yozuvchilar orzu
qiladigan, ammo ko’pchilikka nasib qilavermaydigan badiiy barkamollik nishonasidir.
Darhaqiqat, o’zi qalamga olgan qahramonlar ruhiyati ich-ichiga kirib borish,
surati va siyrati tasvirining uyg’unligiga erishish orqali kitobxonning o’zligini
anglashga yo’naltirilishini badiiy adabiyotning bosh vazifasi deb bilgan adib jahonga
mashhur “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” asarlarini yaratgunga qadar katta
hayot va ijod maktabini o’taydi. Adib asarlari xususida gap ketganda, bolaligida
boshdan kechirgan turmush mashaqqatlari, bobosi va buvisi tarbiyasi, o’qituvchilik
faoliyati, gazetalar tahririyatidagi felyetonchiligi bo’lajak yozuvchini hayotga jiddiy
ko’z bilan qarashga yo’naltirganini sezish qiyin kechmaydi.
Sehrgarlarning sahnalarda qo’lda tayoqcha bilan oddiy ko’z ilg’amaydigan
mo’jizalar yaratishi ko’pchilikka ma’lum. X.To’xtaboyevni ham sehrli qalami bilan
shunday mo’jizalar yaratadigan adib, desak mubolag’a bo’lmaydi. Farqi shundaki,
sahnadagi sehrgarlik faqat namoyish paytidagina ko’z o’ngingizda gavdalanadi.
Yozuvchi asarlarini esa qayta-qayta mutolaa qilish orqali u yaratgan badiyat olami
ichiga chuqur kirib boriladi.
O’zbekiston
xalq
yozuvchisi
X.To’xtaboyevni asarlarining tarqalish
jug’rofiyasiga ko’ra jahongashta adib deyish mumkin. Yozuvchi qalamiga mansub
hikoyalar, qissa va romanlar beg’ubor bolalik olami, xalq tarixi va taqdiri bilan bog’liq
muhim muammolarning badiiy ifodasi sifatida necha-necha avlod bolalarining sevimli
maslakdoshi va maslahatgo’yiga aylangan.
“Xudoyberdi To`xtaboyev bolalar adabiyotining jasur reformatorlaridan biridir,-
deb yozadi A. Rasulov. - U bolalar adabiyotiga sarguzasht, sayohat, fantastikani olib
kirdi. Bolalar adabiyotidagi haqiqiy romanlarni aynan shu yozuvchi yaratdi. Qat`iy
ishonch borki, qachondir Xudoyberdi To`xtaboyev portreti Xans Andersen, Rodyar
Kipling, Mark Tven, Janni Rodari, Korney Chukovskiy, Valentin Katayev, Samiul
Marshak, Joan Roling suratlari bilan yonma-yon turadi”(2; 73- bet). Biz ham shu fikrni
quvvatlaymiz.