aka Qodiriy ulug` yozuvchimiz Namoz haqida roman yozishga jiddiy tayyorgarlik
ko`rganliklarini so`zlab berganlar. Namoz Pirimqul o`g`li haqiqatparast bo`lgan.
Sodda, ishonuvchan kishilarni ishlatib, boyib ketgan Hamdamboy singarilarning
boyligini talab, oddiy xalqqa ulashgan. Qayerdaki nohaqlik, oddiy xalqni xo`rlash
holati ro`y bersa, Namoz o`z yigitlari bilan o`sha yerda hozir-u nozir bo`lgan. Chindan
ham Namoz chin chavandoz bo`lgan, otda yelday uchishni xush ko`rgan. Amaldor,
boylar uni ot o`g`risi deya badnom qilmoqchi bo`lganlar. Botir, jasur, serg`ayrat,
chapdast Namozni general-gubernator I. Grodetov, uyezd boshlig`I Gesket,
politsmeyster Gribinyukdan tortib qozi, amaldor, boy, to`ralar juda yaxshi bilganlar.(2;
59-60-betlar).
Asar qahramoni Namoz botir ijtimoiy adolat tantanasi yo’lida qaqshatqich
jangga otlanadi. Uning qasos bayrog’iga Alisher Navoiy qalamiga mansub “Ilgimdan
kelguncha zolim tig’in ushatib, mazlum jarohatig’a intihom malhamin qo’ydum”
hikmati yozilgan.
Namoz botir “Ko’cha-ko’da ochu sarson yurgan yetimlar haqqi, boylar, birovlar
eshigida ishlab haqqini ololmay yurgan cho’riyu qarollar haqqi, hokimu to’ralar
qamchisidan boshi yorilgan alamzadalar haqqi, izzat-nafsi toptalgan yo’qsullar haqqi,
haqoratlar, xo’rliklar, kamsitishlar, belini bukkan mazlumu mazlumalar haqqi”
kurashishga otlanishni o’zining shu vatanga farzandlik burchi deb biladi. Namoz botir:
“Zolimlarning jazosini Xudo emas, mazlumlarning o’zi berishi kerak”,-deydi.
“Qasoskorning oltin boshi”,- deb yozgan edi professor Ozod Sharafiddinov,-
janr xususiyatlariga ko’ra adabiyotimizda yangi hodisadir. Muallif asarining boshidan
oxirigacha shu janr talablariga qat’iy rioya qilib, syujetning pishiq-puxta bo’lishiga,
voqealarning qiziqarli chiqishiga intiladi. Voqealar rivojida kutilmagan burilishlar,
favqulodda vaziyatlar ko’p. Qahramonlar ko’pincha ilojsiz holatlarga tushib qoladi va
bunday vaziyatlardan uddaburonlik bilan qutulib ketishadi”.
Qahramonlarning o’ta og’ir vaziyatlarda o’zini tutishi, sinovlarni mardona
yengib o’tib nurli manzillarga, ezgulikka sari intilishi, sadoqati tasviri orqali ma’naviy-
axloqiy jihatdan hayotiy xulosalarga kelish X.To’xtaboyev asarlarini tutashtirib
turuvchi muhim nuqta sanaladi.
Yozuvchining asarlaridan asarlariga ko’chib yuruvchi qahramolar ruhiyatidagi
quvnoqlik, nutqidagi hozirjavoblik, zukkolik kitobxon qalbida iliqlik uyg’otadi. Bu esa
deyarli hamma yozuvchilar orzu qiladigan, ammo ko’pchilikka nasib etavermaydigan
badiiy barkamollik nishonasidir.
XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit, xalqning erkinlikka bo’lgan intilishi
“Qasoskorning oltin boshi” romanida Namoz botir sarguzashtlari qatiga singdirilgan
bo’lsa, Ikkinchi Jahon urushining xalq hayotida qoldirgan asorati, tahlika va