Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 383  www.ares.uz
 
Adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada? Nima uchun roman 
aynan shunday nomlangan? Bu savollarga javov berar ekan, professor O. Safarov 
shunday deb yozadi: “Avvalo “Sariq dev” iborasining majoziy ma’nosini izohlash joiz. 
Nima uchun dev aynan sariq, qora yoki oq emas. 
Ma’lumki, sariq so’zi nafs-olov ma’nolarini bildiradi. 
Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya’ni nafs bandalari 
nafsi olovlar deb ham ataladi. 
Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun nafs olovida kuyib 
kul bo’ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir. 
Ibora tarkibidagi dev afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon 
qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan. 
Asar qahramoni Hoshimjon ham o’z nafsiga anchagina erk beradi, ya’ni nafs 
deviga minib yo’lga tushadi. 
Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, 
bolalarcha o’y-fikrlar orqali qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-
so’zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining 
yutug’ini ta’minlashga xizmat qilgan. 
Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana 
biri sehrli qalpoqchaning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida 
bir-biridan ajoyib va g’aroyib sarguzashtlarni boshidan kechiradi”. (1; 268) 
Hoshimjon sho’x, g’ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan 
birga, jindak ayyorligi, lofchiligi, qo’rqoqligi, yolg’onchiligi ham bor. 
Yerga ursa ko’kka sapchiydigan kichik qahramon jo’shqin orzularga beriladi, 
sehrli qalpoqcha yordamida o’qimasdan turib odam bo’lish mumkin deb o’ylaydi. 
Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o’qituvchisi Qobilov bilan ham ko’p 
bora tortishadi.
Hali o’qib o’rganmagan, ozmi-ko’pmi hayot sirlaridan bexabar bo’lgan 
Hoshimjon ko’p hollarda mushkul ahvolga ham tushib qoladi. Shunday damlarda u 
qalpoqchaga yuzlanib: “Menga aql o’rgat, yo’l ko’rsat”,- deya iltimos qiladi. Ammo 
do’sti sehrli qalpoqcha: “Aql sehrga bo’ysunmaydi, bo’yingga bo’y qo’shganim bilan, 
aqlingga aql qo’sholmayman, bari bir, o’qib o’rganishing kerak, Hoshimjon”, - deb 
unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi. 
NATIJALAR
“Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari bor,- deb yozadi 
H.Xudoyberganov,- yosh avlod uchun yoziladigan asar hayotni o`ziga xos vositalar 
orqali tadqiq etadi, lekin u chinakam iste`dod mevasi bo`lib yuzaga kelsa, katta 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin