4-qizcha: (Nima yaxshi yo yomon)
Bilaylik bizlar uchun,
Nima yaxshi yo yomon.
Diqqat bilan so`zimni,
Tinglang aziz, o`rtoqjon.
Intizomli bo`lsak biz,
Kattalar bo`lishar shod.
To`polon qilsak ular.
Xunob bo`lib, derlar “dod”.
5-qizcha: Yaxshidir tongda turib,
Yuz – qo`lni toza yuvish.
Yomon odat erinib,
Yuvilmasa agar tish.
Kattalar gaplashganda,
Jim turish ham odobdan.
Yomondir saqlanmaslik,
Issiq kunda oftobdan.
6-qizcha: Yurish kerak ozoda,
Ko`cha kuyda, uyda ham.
Kir yursak, “Bu bolaning, -
Derlar, - esi juda kam”.
Yolg`on so`zlash yomon ish,
Qilmaylik hech to`polon.
Mehr bersak kitobga,
Aqlimiz o`sar chunon.
Buvi: Sizlar avvalambor qiz bola ekanligingizni unutmasligingiz kerak. Qiz bolalarning ham, o`gil bolalarnng ham o`zlariga xos fazilatlari bor.
(Musuqa sadosi ostida xonaga Qimmat kirib keladi)
Qimmat: Voy bu qizlarni, anchadan beri eshik orqasida poylab turibman juda o`zlaringizni maqtab yubormadingizlarmi? Men ham bilaman sizlar bilgan narsalarni.
Buvi: Biladiganga o`xshamaysan. Seni isming Qimmat bo`lsa kerak. Turishingdan ertakdagi Qimmatning o`zisan. Yana, salom bermading.
Qimmat: Nimaga endi men sizlarga salom berishim kerak ekan?
Dostları ilə paylaş: |