Buvi: Qimmat, qizim senga ham besh baho. Bundan keyin faqat yaxshi qiz bo`lishga va’da berasanmi?
Qimmat: Endi men doimo aqlli qiz bo`lishga va’da beraman. Raxmat sizga buvijon. Men hovlini supurib chiqsam maylimi.
Qizlar: Biz yordam beramiz.
(Musiqa yangrab qizlar hovlini tartibga keltirishadi. So`riga ko`rpachalar to`shaydilar va birgalikda dasturxon atrofiga yig`ilishadi). Qizlar: (Kirishadi) Mana biz somsalarni pishirib keldik.
Buvi: Qaranglar qizlarim, toza, ozoda hovlida birgalikda o`tirish qanday yaxshi. Hammangizning onangizga raxmat. Bugun men sizlarga qiz bolalar uchun kerakli bo`lgan mana bu kitoblarni taqdim etaman. Hozircha opalaringiz yoki onajonlaringiz sizga o`qib berishadi. Katta bo`lib maktabga borib o`qishni o`rganganingizdan so`ng o`zingiz bemalol o`qib olasiz.
(Kitoblarda qatnashchilarning onalariga qizlarining tarbiyasi uchun minnatdorchilik bildirib yozilgan raxmatnoma kelgusida onalarning ta’lim muassasasi bilan hamkorlik ishlarini kuchayishiga olib keladi deb umid qilamiz).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
“Zumradoylar davrasi” yo`riqnomasi.
“Bola aziz, odobi undan aziz”. Shuhrat Shon. 2016 yil.