Buvi: Meni gaplarimga quloq sol qizim. (Qiz bolaga xos fazilat)
Quloq tuting menga bir zum,
So`zim bo`lmang atayin
Tinglang meni, qizlarjon,
Sizga bir gap aytayin.
Shirin so`z muloyimlik,
Eng yoqimli fazilat.
O`zin sipo tutishlik,
Qizbolaga xos xislat.
Salima: Tovushni baland qo`yib,
Gapirish odobdanmas.
Tirnog`imiz bo`lsa kir,
Hech kim qilmaydi havas.
Karima: Tish yuvaylik har kuni,
Turadi u yaltirab.
Sochlarimizni yuvib,
Yuraylik o`rib, tarab.
Nozima: Dugonajon, bo`laylik,
Saranjom-u, sarishta.
Bizlar o`rnak bo`laylik,
Boshqalarga har ishda.
Buvi: Qattiq kulmas qiz bola,
Kattalar qilar uyat.
Odobli bo`lsangiz gar,
Maqtashar sizni har vaqt.
Ota-ona hurmatin,
Qo`yinglar joy-joyiga.
Ular kirsa eshikdan,
Gul to`shanglar poyiga.
Supurib hovlingizni,
Idishlarni yuvinglar.
Changlarni artib qo`yib,
Ozoda qiz bo`linglar.
Shunda ota-onangiz,
Sizdan xursand bo`ladi.
“Asal qizim”, deb suyib,
Sizni duo qiladi.
Qizlar: Bizlar albatta sizning aytganlaringizni bajaramiz.
Qizcha: Biz Qimmatga o`xshab somsa tugib bilmayman, deb o`tirmaymiz.
Buvi: Qani kelinglarchi, mana bu yerda somsaga xamir tayyorlab qo`yganman. Hozir hammangizning chaqqonligingizni bir sinab ko`ramiz.
“Somsa tugish” Qimmat bilan bellashuv o`tkaziladi. Qimmatning ishi ham hammaga manzur bo`ladi. Ikki qiz somsalarni pishirish uchun olib ketishadi.
Buvi: Barakalla qaqajonlarim, hammangiz juda chaqqon ekansizlar. Ayniqsa Qimmat ancha uquvli qiz bo`lib qolibdi. Siz odob haqida ancha narsalarni bilar ekansizlar. Aytinglarchi odobning qanday turlarini bilasiz?
Salomlashish odobi
Dasturxon odobi
O`rtoq bo`lish odobi
Kiyinish odobi
Ko`chada yurish odobi
Qo`shnichilik odobi
Buvi: Barakalla, bobo va buvijonlarni hurmat qilish haqida nimalarni bilasiz?
7-qizcha: Derlar qari bilganin,
Parilar bilmaydilar.
Qariyalar hech kimni,
Xafahol qilmaydilar.
Ular zukko, donodir.
Nasihatgo`y, mehribon.
Xuddi ular aytganday,
To`g`riso`zbo`l, o`rtoqjon.
8-qizcha: Chorlasalar, “Labbay” deb,
So`zlariga quloq sol.
Agar ish buyursalar,
“Xo`p bo`ladi”, de darhol.
Ularning har bir so`zi,
Duru gavhar, tillodir.
Yo`q, tillomas, aslida,
Tillodan ham a’lodir.
9-qizcha: Bobo-buvijonlarning,
Duosini olaylik.
Choy ichsalar, choyiga,
Shakar, novvot solaylik.
Bizni chorlab yoniga,
Aytsalar gar nasihat.
Nasihatga hamisha,
Amal qilaylik albat.
10-qizcha: Bobojonlar pir bo`lar,
Buvijonlar farishta.
Nabiralarga ular,
O`rnak bo`lar har ishda.
Buvijonim juda ko`p,
Aytar ertak, rivoyat.
Bobojonim oqshomlar,
O`rgatar hadis, oyat.
11-qizcha:Yod olsak so`zlarini,
Aqlimiz ko`p bo`ladi.
Shunda barcha bolalar,
Bizga havas qiladi.
Buvi: Qizlarim, sizlar bilan suhbatlashish menga juda ham qiziqarli bo`layapti. Sizlarni yana bir sinab ko`raman.
“Salat tayyorlash” bellahuvi o`tkaziladi.
Buvi: Barakalla. Qani aytinglarchi:
Dostları ilə paylaş: |