JALOLIDDIN RUMIYNING FALSAFIY QARASHLARI
XIII asrdagi tasavvufning buyuk namoyandasi, so‘fiylik ta’limotining yetuk vakili Jaloliddin Rumiy siymosi hayoti va faoliyati bilan ma’naviy yuksak ustoz ko‘rinishida gavdalanadi. Uning shunday buyuk shaxs sifatida kamol topishi, yaratgan asarlarining bebaho qiymatga ega bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoiti va undagi ustozlarning o‘rnini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Jaloliddin Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al-Balxiy deya qayd etiladi. “U yoru do‘stlari tomonidan Mavlono sifatida e’zozlangan. “Jaloliddin”, “Rumiy”, “Mavlaviy” kabi bir necha taxalluslarga ega bo‘lgan. Mavlono hijriy-qamariy 604yili rabi’ ul-avval oyining oltinchi (milodiy 1207 yil 30 sentabr) kuni “Ummul-bilod” (“Shaharlar onasi”) deb atalmish qadimiy Balxda dunyoga kelgan. Uning otasi BahouddinMuhammad (Bahoulvalad) shaharning eng mashhur voizlaridan bo‘lgan.
Aflokiyning aytishicha, uni dastlab otasi “Xudovandigor” deb chaqirgan. “Xudovandigor” so‘zi “sarvar”, “janob” ma’nolarini anglatib, yuksak ma’naviy va ijtimoiy hurmatga sazovor kishilarga nisbatan “Xoja” nomi o‘rnida qo‘llanilgan. Rumiyga nisbat berilgan “Mavlono” so‘zi ham,arabchada “xo‘ja”, “janob” ma’nolarini ifodalaydi.O‘zagi “mavlo” bo‘lib, ko‘pligi – “mavoliydir”. Bundan ko‘rinib turibdiki Rumiy shaxsi xalq ichida hurmat bilan tilga olingan.Rumiy o‘zidan keyingi avlodlarga 5 muqim va qimmatbaho asarlarini qoldirdi: “Devoni kabir”, “Devoni Shamsi Tabriziy”,“Devoni Shamsul Haqoyiq” degan nomlar bilan mashhur bo‘lib, g‘azal va ruboiylardan iboratdir”.(1) “Masnaviyi ma’naviy” esa 25700 baytdan tashkil topgan bebaho ta’limiy-tarbiyaviy asar. “Fiyhi ma fiyhi” (“Ichindagi ichindadir”)–Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. “Mavoizi majolisi sab’a” – Rumiyning yetti o‘git va pand-nasihatlarini qamrab olgan. “Maktubot” – Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tuzilgan to‘plam.Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida Rumiy haqida, uning ijodi va so‘z san’ati
borasida so‘z yuritar ekan, qalam ahlini uch guruhga ajratib, Jaloliddin Rumiyni birinchi toifaga mansub shoirlardan, deb hisoblaydi:(2)“.Yana qoyili masnaviyi ma’naviy, g‘avvosi bahri yaqin (aniq ilmdagi g‘avvos) Mavlono Jaloliddin, ya’ni Mavlaviy Rumiydurki, maqsadlari nazmdan asrori ilohiy adosi va ma’rifati namutahoniy imlosidin o‘zga yo‘qdur”.(3) U o‘zining barcha asarlarida yeru ko‘kning sohibi bo‘lmish Allohi karimni va uning zamindagi xalifasi Hazrati insonni ulug‘laydi .
Xalqning intilish va qiziqishlarining asosiy mavzusi mo‘g‘ul bosqinchilarini la’natlash, unga nisbatan cheksiz nafrat va olijanob insoniy fazilatlarni ulug‘lash bo‘ldi. Bu xalq og‘zaki ijodi va tarixiy asarlarda o‘z ifodasini topdi. Bu asrga kelib Movarounnahr va Xorazmda yozma adabiyot namoyandalarining o‘z yurtlarida badiiy ijod bilan shug‘ullanishlari uchun umuman hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Mo‘g‘ullar qirg‘inidan tasodifan qutulib qolgan adiblar, yozuvchilar, shoir va olimlar o‘z vatanlarini tark etib, boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldilar. Ulardan ko‘plari Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga bosh olib ketdilar. Markaziy Osiyodan borgan ijodkorlar boshqa mamlakatlarda bo‘lsa ham o‘z xalqlarining madaniyati va adabiyoti rivojiga hissa qo‘shdilar. Bu davrda badiiy ijod bobida qalam tebratgan so‘z ustalarining kattagina guruhi so‘fiylik – tasavvuf tariqati yo‘lidan bordilar, barcha ilmiy doiralar va fikriy harakatlar esa aqliy dalillar, qiyoslar keltirishga haddan tashqari berilib ketdi. Barcha ulamolar, ilmiy doiralar, botiniy haqiqatlarni isbot qilish uchun, albatta, aqliy dalillar va falsafiy muqaddimalar keltirishi oddiy zaruratga aylanib qoldi. Shuning uchun o‘sha davr kalom ilmi (Qur’on tafsiri ilmi) va falsafasi (mushohada ilmi) hamma ilmlardan ustun turdi. Bu ikki narsasiz ish bitmas edi. O‘sha davrdan boshlab savod o‘rgatish Qur’on va hadislarni o‘rganish, ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirish bilan birga olib borildi. Shunga ko‘ra,Qur’on va hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, ustoz-shogirdlik, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topdi. Bular Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etdi. “Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratildi.
Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo‘g‘ul bosqini xataridan qochish, ham haj farizasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar.1230 yildan bu oila Kuniyada qo‘nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o‘z davrining yetuk donishmandi
bo‘lib etishadi. Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, «Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go‘zal, betakror, tug‘yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo‘g‘rilib o‘tdi».Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»i da barkamollik, kamolga erishuv yo‘llari yorqin misollar bilan bayon etiladi. Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Rumiy nomi bilan mashhur bo‘lgan zot dunyoning donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir. Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga o‘xshamaydi, u muazzam Sharq tafakkurining mo‘’jizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, she’riyat va ma’naviyat ham birlashib, oliy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Uning olti daftardan iborat “Masnaviy ma’naviy” nomli asarini “fors tilidagi Qur’on” deb tavsiq etadilar”(4)
Mavlono Jaloliddin Rumiy - jahon mumtoz adabiyotining eng buyuk siymolaridan, bashariyat shoiri deb shuhrat qozongan zabardast allomadir. Mana qariyb sakkiz asrdirkim Mavlononing nomi tillardan tushmaydi, rumiyona satrlar ellardan-ellarga o‘tib, jahon kezadi. Alisher Navoiy ul zoti sharifni ustozlar ustozi deb atagan, Abdurahmon Jomiy esa, paygambar emas,ammo payg‘ambarlik kitobi bor deya takidlaydi. Jaloliddin Rumiy o‘zidan keyingi Sharq she’riyati, fikriy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan ta’sir o‘tkazgan ijodkordir. Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning ko‘z ilg‘amas cho‘qqisi deb sharaflaydi.
Jaloliddin Rumiyning hayotiy faoliyatidan, ijodiy ibratidan, “olam va bashariyatning birligi”, borliqning rang-barangligi-yu odamlarning xilma-xilligi haqidagi asarlaridan shularni tuymoq va uqmoq mumkinki, Mavlono bir umr o‘zi bilan, nafs va ta’ma bilan jang qilgan – komillikka erishmoq, Rumiy o‘z asarlarida insonni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi.
Rumiy Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyi-ijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan
kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. Rumiy Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. R. Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan.
Rumiy shaxsiyati kamolotida shoir va shayx Shams Tabriziyning oʻrni katta. U 3 yil Rumiyga dars beradi: falsafa, xususan, soʻfiylik taʼlimotini oʻrgatadi. Shoirning oʻzi ham bir baytida "Agar Attor menga ruh baxsh etgan boʻlsa, Shamsi Tabriziy tilsim kalitini tutqazdi", degan. 1244-yil R. ustozini nihoyatda hurmat qilgani uchun oʻz gʻazallarida "Shamsi Tabriziy", "Shamsi" taxalluslarini qoʻllay boshlagan. Shoir gʻazallarining "Shamsi Tabriziy devoni" nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda [42 ming baytli "Devoni Kabir" ("Ulugʻ devon")ning ikkinchi nomi "Devoni Shamsi Tabriziy"].
Rumiyning ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Rumiy.dan sheʼrlar devoni, "Makotib", "Ichindagi ichindadir" ("Fihi mo fihi")
hamda "Masnaviyi maʼnaviy" kitoblari meros boʻlib qolgan. "Ichindagi ichindadir" nasriy asar boʻlib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutklarining majmuasidir. "Makotib" esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari — maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiytaʼlimiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod sheʼrlarni oʻz ichiga olgan.
Rumiy sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yeru koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi. R.ning mashhur asari "Masnaviyi maʼnaviy"dir. Asarda Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, taxlildan oʻtkazgan. Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki R. masnaviyda oʻzigacha boʻlgan Sharqu Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan. Agar R. "Har ertalab bemorlar shifo tilab Iso alayhissalom eshigiga borishgani", "Lochinning oʻrdaklarni sahroga chiqargani", "Zarvon ahli qissasi", "Majnun Layli koʻyida yurgan itni oʻpib, erkalagani", "Boʻyoqchining xumiga tushgan shaqalning tovuslik daʼvo etgani", "Xorut va Morut qissasi" singari qissa va hikoyalarida paygʻambarlar hayotidan turli moʻʼjizalar keltirib, islomiytasavvufiy gʻoyalarni targʻib etgan boʻlsa, boshqa turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilmmaʼrifat kasb etishi, hunar oʻrganish yoʻlidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan.
Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta taʼsir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy
oʻsish, oʻzgarishda ekani, eskining yoʻqolib, yangining paydo boʻlishi — "dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi"dan iboratligi toʻgʻrisidagi qarashlari, nemis faylasufi Gegelning eʼtiroficha, uning dialektik metodni yaratishiga yordam bergan.
Rumiy asarlari koʻpchilik forsigoʻy va turkigoʻy shoirlar ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan, masnaviyxonlik xalqimiz oʻrtasida keng tarqalgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida R.ning "Masnaviyi maʼnaviy" asari saqlanadi. Istikdol yillarida R. hayoti va ijodiga kiziqish yanada kuchaydi. Sh. Shomuhamedov, A. Mahkam va boshqa shoirning turli janrdagi sheʼrlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilishdi. Shoir Jamol Kamol "Masnaviyi maʼnaviy" tarjimasini nihoyasiga yetkazdi, 6 kitobdan iborat bu yirik asarning 4 jildi bosilib chiqdi (2002, 2003). "Ichindagi ichindadir" asari ham oʻzbek oʻquvchilarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Jaloliddin Rumiy, T., 1986; Jumayev R., Mavlono Jaloliddin Rumiy, T., 2003. Hamidjon Homidov, Ergash Ochilov.
Nazira GʻULOMOVA
“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan.
Dostları ilə paylaş: |