“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022
181
TABIIY XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINI
TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA O‘RGATISH
Abduraxmonova Sayyoraxon Ro‘zaliyevna
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i
yoki atrof
tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga
hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga
olib kelishi mumkin
bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat
natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
Kalit so‘zlar:
Sel, dovul, texnologik texnogen kommunikatsiya
Kirish: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “
Texnogen, tabiiy va
ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga
(1998 yil 27 oktyabr) asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga
(manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga
bo‘linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan
odamlar soniga, moddiy zararlar
miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga)
qarab Lokal, Mahalliy,
Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi.
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR1.
Geologik xavfli
hodisalar:- odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining,
texnologik
asbob-uskunalarning,
energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va
infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha
darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga
olib kelgan zilzilalar;
Zilzila - yer qobig‘ida yoki yuqori mantiyadagi to‘satdan surilishlar va yorilishlar
oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar ko‘rinishida
uzoq masofalarga
uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari.Zilzila kuchi 12 balli seysmik
shkala (MSK-64) bilan o‘lchanadi. Zilzilaning energetik tasnifi uchun magnitudadan
foydalaniladi. Zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik
keltiruvchi (8 va undan ortiq ball) silkinishlarga bo‘linadi. Zilzilaning tektonik, vulqon
va o’pirilish turlari mavjud.Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni
tashkil etadi.
- odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli
hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz
joylarga doimiy yashash
uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli