“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022 182 geologik hodisalar.Ko‘chki - tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning
tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
- odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini
suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va
odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari
o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;
Suv toshqini - qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida haydab
kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki dengiz
suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini suv
ostida qolishi.Kuchli jala, ayrim hollarda qor erishidan paydo bo‘ladi.
Sel - tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘
jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Qor ko‘chkisi - 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan yoki
pastga surilayotgan qor massasi.
Dovul - tezligi 120 km/s, er yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etuvchi
shamol.
Bo‘ron - tezligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. U siklon
davrida kuzatiladi va dengizda katta to‘lqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni
keltirib chiqaradi.
Quyun - momoqaldiroq bulutida yuzaga keluvchi va ko‘pincha er yuzasigacha
diametri o‘nlab va yuzlab metrga etuvchi xartum shaklida cho‘ziluvchi shamol. U uzoq
muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.
FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLINING HARAKATLARI.
Zilzilagacha ko‘riladigan chora-tadbirlar:Zilzila, uning oqibatlari, etkazilishi
mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.
Xavfli sharoitda mohirona va qat’iyatli harakat qilishga ma’nan va ruhan o‘zini
tayyorlash.Zilzilaga qanday tayyorlanish kerak? Avvaldan uyda, ishda, kinoda, teatrda,
transportda va ko‘chada bo‘lgan vaqtingizda zilzila yuz bergudek bo‘lsa, harakat qilish
rejasini tuzib qo‘ying. Xavfli va xavfsiz joylarni aniqlang. Hujjatlar, pullar, cho‘ntak
fonari va batareykalarni qulay joyda saqlang. Uyda bir necha kunga etarli ichimlik suvi
va oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishi kerak.Krovatlarni deraza va tashqi devordan nariroqda
joylashtiring. SHkaf, tokcha va javonlarni devorlarga mahkamlang, yuqorida
joylashgan tokchalar va antresollardagi og‘ir buyumlarni pastga oling. Xavfli moddalar
(kimyoviy, engil alangalanuvchi suyuqliklar)ni ishonchli, yaxshi berkitiladigan
joylarda saqlang.Zaruriyat tug‘ilganida o‘chirish uchun elektr, gaz va suv ta’minotini
o‘chirish jo‘mraklari qaerda joylashganini barcha bilishi zarur.Zilzila vaqtida qanday
harakatlanish kerak?Bino tebranishini xis qilgan, qandillarning tebranayotganini,
buyumlar ag‘darilayotganligini ko‘rgan, shisha idishlarning sinish ovozini eshitgan