“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-22, Issue-1, November - 2022 187 Burun va og‘zingizni qo‘lqopingiz, sharf yoki yoqangiz yordamida berkiting,
ko‘chki bilan tusharkansiz, qo‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qor
massasining chetiga surilishga harakat qiling. Qor massasi harakatdan to‘xtagandan
so‘ng, yuzingiz va ko‘krak qafasingiz atrofida ochiq joy hosil qiling. Qor qatlamini
kavlab chiqishga harakat qiling (yuqori tomon qaerdaligini so‘lagingizni oqizib bilib
olsangiz bo‘ladi). Qor ichida qolsangiz, baqirmang - qor tovushni to‘la yutadi,
qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yo‘qotib qo‘yishga olib keladi. O‘zingizni
yo‘qotmang, uxlab qolmang, sizni qidirishayotganligini aslo yoddan chiqarmang
(odamlarni qor ostidan beshinchi va hatto, o‘n uchinchi kuni qutqarib olishgan hollar
ham ma’lum).
Qor ko‘chkisidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Agar siz qor ko‘chkisi tushgan maydondan tashqarida bo‘lsangiz, favqulodda
vaziyat haqida yaqin oradagi aholi manzilgohi ma’muriyatiga qanday qilib bo‘lsa ham
xabar bering va jabrlanganlarni qidirish va qutqarishga kirishing. Qor ostidan mustaqil
yoki qutqaruvchilar yordamida chiqib olgach?, tanangizni tekshirib ko‘ring. Zaruriyat
bo‘lsa, o‘zingizga tibbiy yordam ko‘rsating. YAqin oradagi aholi manzilgohiga etib
olgach, yuz bergan voqea haqida mahalliy ma’muriyatga xabar bering. O‘zingizni
sog‘lom deb hisoblasangiz-da, tibbiyot maskani yoki tibbiyot xodimlariga murojaat
qiling. Bundan keyin tibbiyot xodimi yoki qutqaruv otryadi rahbari ko‘rsatmasiga
binoan harakat qiling.Qarindosh-urug‘ingiz va yaqinlaringizga ahvolingiz va turgan
joyingiz haqida xabar bering.
Dovul, bo‘ron va quyunlar yuzaga kelayotganligidan shamol tezligining ortishi,
atmosfera bosimining keskin tushib ketishi, jala va suvning shamol yordamida haydab
kelinishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi darak beradi.Agar siz dovul, bo‘ron va quyunlar
bo‘lib turadigan hududda yashasangiz, u holda:
- boshlanayotgan tabiiy ofat to‘g‘risidagi xabar berish signali;
- aholini muhofaza qilish va bino (inshoot)larning shamol ta’sirigabarqarorligini
oshirish usullari;
- dovul, bo‘ron, quyun vaqtida aholining harakat qoidalari;
- dovul, bo‘ron, quyun oqibatlarini bartaraf etish va vositalari, shuningdek
jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish usullari;
- yaqin oradagi erto‘la, panajoy yoki eng mustahkam va barqaror binolarda oila
a’zolari, qarindoshlar va qo‘shnilarni yashirish joylari;
- yuqori xavfga ega bo‘lgan hududlardan uyushgan holda evakuatsiya
yo‘tkazilganda uning yo‘nalishi va joylashish hududlari;
- favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlarining manzillari va telefon
raqamlarini bilib olishingiz kerak.
Dovul, bo‘ron va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak?