Inflatsiyava uning namoyon bo’lish shakllari Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir1.
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi2.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendensiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa3.
Inflyatsiya – bu:
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi.
O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi.
Aholi daromadlari mazmuni,turiva shakllanishi Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Real daromad – aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.