Jamg’arma va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar


Xalqaro iqtisodiy integratsiya ,mazmuni va shakllari



Yüklə 32,7 Kb.
səhifə6/7
tarix22.12.2023
ölçüsü32,7 Kb.
#189629
1   2   3   4   5   6   7
Jamg’arma va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar

Xalqaro iqtisodiy integratsiya ,mazmuni va shakllari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini ko‘rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik yo‘nalishi kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.

Jahonning global iqtisodiy muammolari
Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi.
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
4) turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi.

Erkin savdo va protektsionizm siyosati
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.


Yüklə 32,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin