Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Reja: Modellashtirish vositalarini tanlash



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə12/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Reja:

  1. Modellashtirish vositalarini tanlash.

  2. Modelni adekvatligini tekshirish va sozlash.

  3. Model bilan tajribalarni taxlil etish.

  4. Modellashtirish natijalarini taxlil etish.

  5. Identifikatsiyalash masalasini kuyilishi.



Tayanch iboralar: adekvat model, optimallashtirish, regression model, korrelyasion model, modellarni qurish usullari, modellashtirish bosqichlari, modellashtirishda turli yondashuvlar ziddiyatsizligi, model turlari.



    1. Modellashtirish vositalarini tanlash

Modellashtirish usuli tanlangandan sung xisoblash texnikasi yordamida modelni tadkik etish uchun texnik va dasturiy vositalar tanlanadi. Dasturiy vositalar sifatida protseduraga muljallangan algoritmik tillar, muammoga- muljallangan tillar yoki modellashtirish avtomatlashtirilgan tizmlardan foydalanish mumkin.
Modellarni tadkik etish uchun unversal yoki ixtisoslashtirilgan xisoblash tizmlaridan foydalanish mumkin. Unversal xisoblash tizmlari yordamida analitik modellashtirishni amalga oshirish uchun texnik vositalarga kata talablar kuyilmaydi. Imitatsion modellashtirishda foydalaniladigan unversal xisoblash tizmlariga kuyiladigan asosmiy talablar bu katta xajmdagi yetarli bulgan tezkor xarakterdir. Buning sababi shundan ibratki, modelni tajriba utkazishda xar doim element parametrlariga almashib ketma-ket murojat etiladi. Va shuning uchun ularni xammasi tezkor xotirada saklanishi mumkin.
Xar bir model tajriba statik modellashtirishda ma’lum mashina vaktini egallaydi, shuning uchun modellashtirish jarayoni uchun yukori unumdorlikka ega bulgan xisoblash texnikasidan foydalanish kerak.
Dasturiy modellar yaratish uchun yukori pogonali unversal protseduraga muljallangan algaritmik tillar, masalan Pascal, Delphi, C++, Java va boshkalardan foydalanish mumkin. Ma’lumki xisoblash tizmlarini imitatsion modellashtirish uchun dasturlashda algaritmik tillardan foydalanilgan.
Umum maksadga muljallangan tillarda imitatsion modellarni yaratishda ma’lumotlarni kayta ishlash masalalaridagi dasturlashga xos bulmagan bir kator kiyinchiliklarga duch kellinadi. Bu kiyinchiliklar imitatsion modellashtirishni algaritmlarga xos bulgan ikkita xususiyatdir.
Birinchi xususiyat shundan iboratki, murakkab tizmlarni xarakat algaritmlar paralell algoritmlardan iborat, xar bir vakt dakikasida bittadan ortik uzgartirishlar amalga oshiriladi. Paralell algoritmlarni dasturlashdagi kiyinchiliklar shundan ibratki, algaritmik tillar asosan ketma-ket jarayonlarni yozish uchun muljallangan. Yukori pogonadagi tillrada paralell jarayonlarni dasturiy imitatsiya kilish paralell jarayonlarni psevdoparalell tashkil etishni takazo etadi. Bu esa uz navbatida dasturlash soxasida murakkab masaladir.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, modellashtirish jarayonida xajmi aprior baxolash kiyin bulgan ma’lumotlarni kayta ishlash talab etiladi. Bu jarayon imitatsion modellarni dinamik xarakterga ega ekanligidan kelib chikib, tizmdagi ommaviy jarayonlarni urganishga muljallanganligini bildiradi. Bunday algoritmlarni dasturlashda asosiy e’tibor tezkor xotirani dinamik taksimlashda karatilgan bulishi kerak.
Modellashtirish tillari
Imitatsion modellashtirishda keng sinfdagi modellarga xos bulgan masalalarga duch kelinadi. U algaritmlarni psevdoparalell bajarilishini tashkil etishdir; xotirani dinamik taksimlash; model vakti bilan amal utkazish; tasodifiy jarayonlarni imitatsion kilish; xodisalar massivini olib borish; modellashtirish natijalarini tuplash va kayta ishlashdir. Bu masalalarni yechimini topish uchun maxsus muammoga - muljallangan vositalar( dasturiy tizmlar), ya’ni modellashtirish tillari yaratilgan. Xozirgi davrda 500 dan ortik modellashtirish tillari ma’lum.
Modellashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari
Mashinada modellarni yaratish jarayonini soddalashtirish va tezlashtirish xarakati imitatsion modellarni dasturlashni avtomatlashtirilgan tizmlariga olib keladi. Tadkikotchini dasturlashdan ozod kilgan bir necha tizmlar ishlab chikildi. Dastur avtomatik ravishda biror-bir formal sxema asosida yaratiladi. Formal sxema tadkikotchi tomonidan berilgan tizm prarametlari, tashki ta’sirlar va ishlash xususiyatiga kura ishlab chikiladi. Dastlabki ma’lumotlar u yoki bu kanonik tasviralanadi. Mashinada utkazilgan tajriba natijalari asosida asosiy chikish ma’lumotlari xisoblanadi va avtomatik bosmaga chikariladi, kushimcha chikish natijalari esa tadkikotchi kursatmasi buyicha olinadi. Bunday tizmlar avtomatlashtirilgan unversal imitatsion modellar yoki imitatsion dasturlar generatori deyiladi.
Modellashtirishni dasturiy va texnik vositalari bir necha kriteriyalarni xisobga olgan xolda tanlanadi. Unda zaruriy shartlardan biri bu - konseptual va matematik modelni yaratish uchun vositalarni yetarli va tula bulishligidir.
Modellashtirish tilini tanlangandan sung dasturiy modelni ishlab chikiladi. Bu jarayon kuyidagilarni uz ichiga oladi: algaritmni ishlab chikish, kirish ma’lumotlarini tasvirlash shaklini aniklashtirish, dasturni yozish va tugirlash. Bu juda muxim kup mexnat talab kiluvchi jarayon bulib, boshka dasturlash jarayonlarda kam farqlanadi.


  1. Yüklə 1,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin