Ob'ektlarni (jarayonlarni, xodisalarni) modellashtirish bosqichlari: Maqsadni shakillantirish. Har qanday modellashtirish masalasi, muammosi asosida sub'ekt (inson) ob'ektdan nimani kutadi, nimaga intilish zarur kabi axborat yotadi, ya'ni uning maqsadi nimadan iborat. Aynan mana shu axborat ob'ektni aniqlaydi. Bunday paradokslar sodda yechiladi. Sub'ekt o’zining maqsadini shakillantirayotganda ob'ekt xaqida har doim dastlabki tasavvurlarga ega bo’ladi. Bu tasavvurlar taxminiy bo’lib, modellashtirish maqsadini samarali shakillantirish uchun yetarli bo’lgan ob'ekt xususiyatlarini aks ettiradi. Odatda modellashtirish masalalarda maqsad funktsiya ko’rinishida berilgan biror bir kriteriyni maksimallashtirish yoki minimallashtirish yo’li bilan erishiladi.
2. Ob'ektni o’rganish. Bunda sodir bo’layotgan jarayon o’rganiladi, ob'ektni ko’rib turgan tashqi muhit chegarasi aniqlanadi. Bundan tashqari bu bosqichda tadqiq etilayotgan ob'ektni hamma kirish va chiqish parametrlari tadqiq etiladi va ularni modellashtirish maqsadiga erishishga bo’lgan ta'siri o’rganiladi.
3. Tavsifli modellashtirish. Ob'ektni kirish va chiqish parametrlarini o’zaro bog’lanishini belgilash va so’z bilan yoziladi.
4. Matematik modellashtirish. Tavsifli modelni matematikformal tilga o’girish. Maqsadni biror bir maqsad funktsiya deb aytiluvchi funktsiya ko’rinishida yozish. Ob'ektni xarakati ma'lum bir ifodalar yordamida yoziladi. Bu ifodalar ob'ektni kirish va chiqish parametlari orasidagi bog’lanishni ifodalaydi. Bu bosqichda ob'ektni murakkabligiga qarab matematik xarakterga xos bo’lgan qiyinchiliklar mavjud bo’ladi. Bunday masalalarga matematik dasturlash, chiziqli algebra, differentsial va integral xisoblash va boshqalar bo’lishi mumkin.
5. Masalani yechish usulini tanlash yoki yaratish. Bu bosqichda vujudga kelgan matematik masala uchun mos keluvchi usul tanlanadi. Usul tanlashda asoan usulning murakkabligiga va talab etuvchi xisoblash resurslariga e'tibor berish mumkin. Agar mavjud bo’lgan usullar talabiga javob bermasa yangi usul ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. Ko’pgina xollarda xisoblash xarakteristikalari bo’yicha samarali bo’lgan ishlab chiqiladi.
6. Masalani EXM da yechish uchun dastur tanlash yoki ishlab chikqsh. Bu bosqichda tanlab olingan usulni EXMdan o’tkazish uchun mos dastur tanlanadi. Agar bunday dastur mavjud bo’lmasa yangi dastur yaratish zarur.
7. EXM da masalani yechish. Masalani yechish uchun zarur axborat EXM xotirasiga dastur bilan kiritiladi. Mos dastur yordamida makasdli axboratni kayta ishlanadi va kulay kurinishda echish natijalari olinadi.
8. Olingan echimni taxlil qilish..Echim taxlili ikki ko’rinishda bo’ladi: formal (matematik) ya'ni bunda tuzilgan matematik modeldan olingan yechimni mosligi va mazmuniy (iqtisodiy, texnologik va x.k.) ya'ni olingan natijalarni modellashtirilgan ob'ektga mosligini tekshirish. Taxlil qilish natijasida modelga o’zgartirishlar yoki aniqliklar kiritilishi mumkin va ko’rilgan jarayon qaytadan takrorlanishi mumkin. Tanlangan ko’rsatkich buyicha ob'ekt faoliyatini yetarli aniqlikda ifodalasa model yaratilgan va tugallangan xisobanadi. Ana shundan sung modelni turli xisoblashlarda foydalanish mumkin.
Matematik modelni qurish bosqichlariga quyidagilar kiradi:
Maqsadni tanlash;
Bosh uzgaruvchilarni tanlash. Bu uzgaruvchilar tsiy - matlarni uzgartirish natijasida kuzlangan maqsadga erishiladi. Bosh uzgaruvchilarning qiymatlari masala - ning echimi buladi;
4 Echim aniqlangan soqalarni aniklash, ya'ni bosh uzgaruvchilarni qanoatlantiruvchi echim soqalarini to - pish;
Noma'lum faktorlarni, ya'ni tasodifan yoki aniq - mas tarzda uzgaruvchi miqdorlarni aniklash;
Bosh uzgaruvchilar, parametrlar va noma'lum fak - torlar ortali maqsadni ifodalash, ya'ni (ba'zida samaradorlik mezoni yoki masalaning optimalligi deb ataluvchi) maqsad funktsiyani tuzish..Quyidagi belgilashlarni kiritamiz: model parametrlari